Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
98
Quyoshdek sipehr uzra tortib alam,
Yurub oldi olam yuzin yakqalam.
Ul ishlarki ul qildi ofoq aro,
Kishi qilmadi bu kuhan toq aro.
Bu a’jubalarkim anga
berdi dast,
Jahondorlar qadri topti shikast.
Nekim qildi ul desa, aytay, kishi,
Tuganmas o‘qub qarnlar ul ishi.
Bori qilg‘onin demak oson emas,
Deganga tugatmaklik imkon emas.
Munosib bu keldiki har hol ila,
Desam, avval ahvolin ijmol ila
Ki, komim ravo aylamish bo‘lg‘amen,
Hadisin ado aylamish bo‘lg‘amen.
Yana qissasig‘a
taaqqul qilib,
Tavorixig‘a ko‘p taammul qilib.
Umurida ulcha g‘aroyibdurur
Ki, ul ishta ko‘prak ajoyibdurur.
Judo aylabon kizb oloyishin,
Anga aylasam nazm oroyishin
2
.
Hamonoki ul shohi davlatpanoh,
Burun Rum taxtig‘akim bo‘ldi shoh.
Muxolifqa
qasdi halok ayladi
Ki, a’dodin ul yerni pok ayladi.
Cherik chekti andin so‘ng istab kushod,
Jahon ichra aylarga fathi bilod
3
.
Burun tortibon razm uchun tig‘i kin,
Yurub ayladi azmi Mag‘rib zamin
4
.
Qilib Zangbor
5
ahliga chiyralik,
Yudi tig‘ suyidin ul tiyralik.
Yana bo‘ldi Doro
6
bila hamnabard
Ki, badxohdin ko‘kka yetkurdi gard.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: