Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
114
Yana buki, shoh aylab ehson manga,
Yibormishdurur go‘yu chavgon manga.
Yerur munda bir ramzi po‘shida harf,
Tafa’ul aro benihoyat shigarf
Ki, yer hay’atin aylabon justujo‘y,
Mudavvar topibdurlar andoqki go‘y
25
.
Chu shoh oni tutti musallam manga,
Hamonoki Haq berdi olam manga.
Bukim
ilgima soldi chavgonini,
Musallam manga tutti maydonini.
Hamono chiqib mulk maydonidin
Meni bahravar qildi chavgonidin
Ki, to men bu maydonda go‘y urg‘amen,
Samandim qilib garmpo‘y urg‘amen.
Manga mujdalar yetti andin base
Ki, mamnunmen ul komrondin base.
Bu kunjudki
ham keldi andin bu yon,
Aning dog‘i ramzini aylay bayon:
Chu qilmish sipohiyg‘a tashbih ani,
Yerur nuktae, o‘yla tanbih ani.
Mening xaylima keldi qushluq sazo
Kim, ul qushqa kunjuddin o‘lg‘ay g‘izo».
Buyurdiki, surdilar oncha tovuq,
Ki kunjud hisobig‘a bo‘lg‘ay yovuq.
Alar kelturub dona termakka zo‘r
Ki, bir dona ham qolmay elturga mo‘r.
Bu
diqqatlar aylab suxanvarni lol,
Qayu lolkim, o‘lturub infiol.
Buyurdi ravon shohi hikmatqiyos
Ki: «Bo‘l emdi Doro sari rahshunos.
Yeshitgan javobingni yetkur anga,
Ne so‘zlarki surdung manga, sur anga!»
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: