www.ziyouz.com
kutubxonasi
117
Taassub chu soldi aroda sudo’
3
,
Yana o‘rtag‘a tushti kinu nizo’.
Necha shohlarg‘a yaqinroq kishi,
Adovat kelib ko‘prak oning ishi.
Asofilg‘a har nechakim jahl erur,
Va lekin xusumatlari sahl erur.
Ziyonin nechakim yomon farz qil,
Bir o‘ziga, yo o‘n o‘zidekka bil.
Bulardin avosit arodur ashad
Ki, nuqsonlari fosh o‘lur beadad
4
.
Topar ko‘p kishi ul adovatda bim,
Buzulur base xonadoni qadim.
Burung‘i arig‘ etsa toshmoqqa mayl,
Ikinchi erur poya borong‘a sel.
Va lekin aoliyg‘a tushsa hisob
Ki, bo‘lg‘ay salotin gardunjanob.
Bu go‘yo jahon ichra to‘fon erur
Ki, andin jahon ahli vayron erur.
Ne to‘fon, balo bahri chayqolgoni,
Jahon ahli suv ostig‘a qolg‘oni.
Agar dashtu tog‘ uzradur har fariq,
Qilich bahri suyig‘a bo‘lmoq g‘ariq.
Jahon mulkidin amn bo‘lmoq yiroq,
Amonliq hamul mulk elidin qiroq.
Balo selining bo‘lmog‘i mavjzan,
Cho‘murmoq ulusni bu mavji fitan.
Ne to‘fon, bedodu selobi g‘am,
Yerur onchakim dahr eliga alam.
Adovatqa bog‘lab kamar ikki shoh,
Jahon ahlini aylab ikki sipoh.
Bori tortibon qatl uchun tig‘i tez,
Qilib tig‘i tez o‘ltururga sitez.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
118
Ato bir taraf gar erur, filmasal,
Yana jonib o‘lsa o‘g‘ulg‘a mahal.
Ikisiga kin o‘ti solg‘ay g‘azab,
Ul o‘t qon icharga qilib tashnalab.
Ato jon berib o‘g‘lin o‘lturgali,
O‘g‘ul ham anga tig‘i kin surgali.
Qarindosh topsa qarindoshini,
Damo-dam tilab kesgali boshini
5
.
Tushub oshnolarg‘a begonaliq,
Ketib hamnishinlarg‘a hamxonaliq.
Bu nav’ o‘lsa mundoq iki zot aro,
Ne bo‘lg‘ay, gumon qil iki yot arog‘
Aningdek esib tundbodi nabard
Ki, oshubdin yetkurub ko‘kka gard.
Tutub fitna gardi xaloyiq ko‘zin
Kim, ul gard aro xalq topmay o‘zin.
Solib elga mundoq nabardi balo,
Gahi qatlu toroju gohi jalo.
Agar bu iki shahg‘a bo‘lmay masof,
Va lekin bo‘lub bo‘yla doyim xilof.
Ulusqa degan yanglig‘ ahvol o‘lub,
Xaloyiq havodisqa pomol o‘lub.
Va gar rahm qilmay ulus jonig‘a,
Azimat qilib razm maydonig‘a,
Birisin zafar aylabon chiradast,
Yana bir sori zohir o‘lsa shikast.
Yaqin bilkim ul kundur ofat kuni,
Ne ofat kunikim, qiyomat kuni.
Xusho, iki ozodai nomurod
Ki, bir-birga zohir qilib ittihod.
Ne ul aylasa bu madoro qilib,
Anga ham bu rifq oshkoro qilib.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |