Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
123
Ki, Dorog‘a chun yetti borg‘on rasul, 
Skandar qazoyosig‘a berdi tul. 
Qayu so‘zki shahdin xitob ayladi
Nekim istimoi javob ayladi. 
Chu arz aylamakdin yo‘q erdi guzir, 
Borin ayladi arz farmonpazir. 
Chu fahm etti Doro aningdek javob, 
g‘azab o‘tidin jismig‘a tushti tob. 
Yonar o‘tdek o‘ldi qadam to ba farq, 
Taharruk ani qildi andoqki barq. 
Gahi bo‘ldi davron bila tundxo‘, 
Gahi charxi gardong‘a dedi: «Tufu!» 
Oshib dam-badam iztirobi aning
Yeru ko‘kka ta’nu itobi aning. 
Bu oshub dardig‘a bo‘lmay davo, 
Cherik jam’ig‘a bo‘ldi farmonravo. 
Kishi chopti ofoq aro bedarang, 
Bajuz Rum ila Zangboru Farang
1

Sipah bahrig‘a tushti ul nav’ jo‘sh 
Ki, o‘tti falak lujjasidin xurush. 
Ham Eronu Turon
2
, ham aqsoyi Chin
Anga tegrukim, haddi Mashriq zamin. 
Chiqib ul sifatkim, kishi qolmayin, 
Demay qolmayinkim, qola olmayin. 
Anga tegrukim, haddi aqsoyi g‘arb, 
Butub borchaning jismidin sozi harb. 
Yana ham diyori Janubu Shimol
Kishi qolmog‘i topmayin ehtimol. 
Bashar jinsi xaylin jahondin yig‘ib, 
Jahon ahlini to‘rt yondin yig‘ib. 
Sipah jo‘sh urub tog‘u homun aro, 
G‘alat ayladim, rub’i maskun aro. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
124
Surub elni zobit sipahdorlar, 
Siyosat tariqida g‘addorlar. 
Bu yanglig‘ cherik yaxshiroq fol ila
Iki yilda jam’ o‘ldi tunqol ila. 
Sipohiyki yer sathig‘a sig‘mayin, 
Cherik hargiz andoq kishi yig‘mayin. 
Ne uchu qiroq erdi paydo anga, 
Ne haddu ne g‘oyat huvaydo anga. 
Adadda falak anjumidin fuzun, 
Ne anjum, biyobon qumidin fuzun. 
Chu mav’idg‘a jam’ o‘ldi mundoq sipoh, 
Bilib ul sipah sori azm etti shoh. 
Nazar soldi chun ul cherik sori tez
Adovat o‘tin ayladi shu’laxez. 
Dimog‘ig‘a yo‘l topti nav’i g‘urur 
Ki, gardun qochar qilsam ul yon ubur. 
Yetib har tarafdin ulus shahlari 
O‘kush tortig‘u tuhfa hamrahlari. 
Aqolim voliylari javq-javq, 
Itoat solib borcha bo‘ynig‘a tavq
3

Chu Doro tushub borgohi aro, 
Tushub jo‘sh xaylu sipohi aro. 
Qo‘yub borgoh ichra taxti baland
Chiqib taxt uza xusravi arjumand. 
Tuzub masnadekim, sipehri barin, 
Yana ko‘rmayin, o‘yla masnadnishin. 
Qilib hukmkim: «Mulk sultonlari, 
Qamuq xaylu kishvar nigahbonlari, 
Kelib borcha yer o‘ptik aylab salom
Munung birla kasb ayladik ehtirom». 
Saloting‘a chunkim, bu nav’ o‘ldi bor, 
Topib ishlari sikkai e’tibor. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin