Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
121
Kishi aylasa rifq yumnin havas
Anga to abad ushbu tamsil bas
2

 
XXVI 
 
HIKMAT
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, muxolafatki borcha milalda mamnu’durur va nizo’ki 
borcha mahalda nomasmu’, andoq modda topilg‘aymukim, anda dilpazir bo‘lg‘ay va qilmog‘i noguzir 
va Arastu ul tiyralikda yorug‘lug‘ ko‘rguzmak va ul muxolif ohangni rostda tuzmak 
Yana so‘rdi shohi Faridunhasham
1
Ki: «Yey hikmat ahlig‘a roying hakam! 
Iki kimsaga voqe’ o‘lmoq nizo’, 
Bir ishta erur mujibi imtino’. 
Nizoeki, har kimga masmu’dur, 
Xirad buyrug‘i birla mamnu’dur. 
Topilg‘aymu ul nav’ bir joddae, 
Hamul jodda ichra bir moddae 
Ki, bo‘lg‘ay nizo’ anda xotirpisand 
Ki, gar bo‘lmasa bo‘lg‘ay andin gazandg‘» 
Dedi hikmatoyini donanda
2
harf 
Ki: «Qilding savole bag‘oyat shigarf. 
Nizoeki qildi xirad oni rad, 
Qabul etti ham ba’zi ishda xirad. 
Birovda bir ish bo‘lsa nodilpazir, 
Ki, foilg‘adur qilmog‘i noguzir. 
Vale elga andin zarardur base
Aning zimnida sho‘ru shardur base. 
Birov man’ig‘a gar topar dastras, 
O‘zin tutsa ma’zur, ma’zur emas
3

Va gar man’ qildiyu yer tutmadi, 
Ne ish tarkinikim bu der, tutmadi. 
Bilindiki, ko‘p tab’i rog‘ibdurur, 
Irikrak aning man’i vojibdurur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
122
Munung birla ham topmasa imtino’, 
Bo‘lur vojib ul lahza qilmoq nizo’. 
Bo‘lur chun nizo’ ichra nuqsonu sud, 
Kerak anda bir shart tutsa vujud 
Ki, bukim nizo’ ichra tuzdi asos, 
O‘zin aylasa xasm birla qiyos. 
Agar g‘olib o‘lmog‘lig‘in chog‘lasa, 
Nizo’ig‘a ul lahza bel bog‘lasa. 
Va gar quvvatin anglasa bayn-bayn
Aroda padid etmasa sho‘ru-shayn. 
Va gar xud o‘zin bilsa mag‘lubdur, 
Nasihat bila iktifo xo‘bdur. 
Kerak ul nasihat dog‘i narmro‘y 
Ki, to mustami’ bo‘lmag‘ay tundxo‘y. 
Ki tund o‘lsa ko‘p vahshat imkoni bor 
Ki, nosihqa ham bim nuqsoni bor. 
Nizo’ ichra mundoq marotibni bil, 
Qila olmog‘ing chun yaqin bo‘ldi qil. 
Yaqin bo‘lmasa g‘olibi zan kerak, 
Kishi barcha ishta xiradfan kerak. 
Birovkim xiraddur anga rahnamun
Bu ishlarda qo‘ymas bo‘lurg‘a zabun». 
Chu nofi’ javob angladi mustami’, 
Yana so‘rmadi so‘z – bo‘lub muntafi’. 
XXVII
Doroning Iskandar so‘zidin oshufta bo‘lub, sipoh yig‘moqtin olamg‘a oshub solib, olam-olam cherik 
yig‘ib Iskandar razmig‘a azm qilg‘oni va Skandar ham ul daryoyi ofat muqobalasida seli balo va ko‘hi 
maxofat muqotalasig‘a barqi razm va vag‘o yasab yuzlashgani va ofoqni ul iki shoh zeru zabar qilurda 
Doroning livoyi davlati o‘zga sarsar ofatidin sarnigun bo‘lub Iskandarning mahchak alami quyosh 
livosidin o‘tgani 
Iki shoh ishida hikoyatguzor, 
Bu yanglig‘ berur so‘zga zebi uzor 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin