www.ziyouz.com
kutubxonasi
137
Falak turki gardunni iki chopib,
Aning har birisiga bir yuz yopib.
Aduv shaynini kimsa qilmay qiyos
Ki, nokor o‘lub g‘ulg‘ulidin havos.
Nafir, o‘ylakim ajdari tezdam,
Taharruk solib bo‘ynig‘a iki xam.
Og‘iz ochmog‘i elni tutmoq uchun,
Va yo xasm xaylini yutmoq uchun.
Yana karranoyu kovurgo uni,
Qilib oshkoro qiyomat kuni.
Alamlarki yeldin bo‘lub jilvagar,
Fulklar nabardidin aytib xabar.
Havoni aningdek tutub tiyra gard
Ki, bo‘lmay ayon ko‘zga dashti nabard.
Ko‘p elkim qilib gird qilmog‘in vird,
Kurra shakli yerning bo‘lub nimgird.
Sipah na’lidin yonchilib yorimi,
Bo‘lub gard yanglig‘ falak ozimi.
Bu daryoyi gard ichra tushgan kishi,
Nafas qaytarurdin su yutmoq ishi.
Qolin tig‘ ul gardi hayjo aro,
O‘kush mo‘r oqib loyi daryo aro.
Dema gardkim, erdi mushkin sahob,
Yeru ko‘k arosig‘a tortib niqob.
Choqib barq o‘ti ohalar ishnari,
Chekib ra’d uni boralar kishnari
15
.
Tutub qo‘lg‘a jabborlar tig‘i tez,
Falak tortqondek sinoni sitez.
Bu yanglig‘ iki olami qatlu kin
Ki, titrab alardin zamonu zamin.
Yurub bir-biriga yaqin yettilar,
Ayog‘ tog‘dek yerga berkittilar.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
138
Suron soldilar avval ul nav’ tez
Ki, olamg‘a tushti ajab rustaxez.
Demasmenki, qo‘zg‘oldi olam eli
Ki, bulg‘ashti bu sabz toram eli.
Qo‘yar erdi hamlin falak bevasi,
Satarvanlig‘ ar bo‘lmasa shevasi
16
.
Chu bir lahza topti sukun ul xuro‘sh,
Ulus og‘zi g‘avg‘odin o‘ldi xamo‘sh.
Nasimi vag‘o bir sori surdi gard,
Ko‘rundi xaloyiqqa dashti nabard.
Hamul har tarafdin bir anbuh saf,
Ne anbuhkim, ko‘h to ko‘h saf.
Qililg‘on kibi lavn-lavnin bayon,
Tamosho qilur elga bo‘ldi ayon.
Aningdekki tushgay choqindin duraxsh,
Skandar safidin birov surdi raxsh.
Tarid aylayu kirdi maydon aro.
Hunarlar ayon qildi javlon aro.
Solib bodpoyig‘a bargustvon,
Namudor aro, o‘ylakim arg‘uvon.
Kiyib javshan ustiga chiniy harir,
Kelib suv uza sabzadek dilpazir.
Sinon o‘ng qo‘linda nechukkim sutun,
So‘l egnida qalqon kelib la’lgun.
O‘tog‘a tikib xudida savsani,
Bo‘lub g‘unchadin savsan ochmoq fani.
Bu hay’at bila chobuki jangjo‘y,
Turub o‘rtada boshladi guftugo‘y.
Skandar duosin burun qildi yod
Ki: «Topsun aduvsig‘a komu murod!»
Yana dedi yuz kelturub har sari
Ki: «Derlar meni Boriqi Barbariy
17
.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |