Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
153
Bu oyin bila bersa har birga yer
O‘zung de, xirad ahli oni ne derg‘ 
Bu o‘yuni aning nechakim cheksa kech, 
Yerur hech, balkim emas dog‘i hech. 
Yerur it safolig‘a qo‘ymoq samon 
Hamonu, so‘ngak otqa solmoq hamon. 
Bo‘riga kishi tu’ma qilsa qo‘zi, 
O‘ziga balo hosil aylar o‘zi. 
Qorindin desa sher topsun navo
Bu ishni dog‘i aql ko‘rmas ravo. 
Kim istar qorin birla arslonni to‘q, 
Yorar topsa fursat aning qornin-o‘q. 
Munosib emas toz boshig‘a toj, 
Tumog‘a nutuqchig‘a ne ehtiyoj. 
Ne sung‘urg‘akim tezparvozdur, 
Murassa’ tumog‘a hanuz ozdur. 
Yeshak ollida za’faron xo‘b emas 
Ki, nodong‘a zarbaft marg‘ub emas. 
Yilonni kishi tutsa sarko‘fta, 
Balodin qilur o‘z yo‘lin ro‘fta. 
Va gar bersa o‘z jaybi ichra mahal, 
O‘zi qatlig‘adur tanobi ajal. 
Yilon jayb aro solmoq etma havas 
Kim, oxir yilondur bu, tasbih emas. 
Yeshik it yeridur, gar olsun bo‘ri, 
Mushukka maqom o‘ldi uyning to‘ri. 
Gar ul dasht saydini aylar figor
Va lekin bu uy saydin aylar shikor. 
Ne imkonki sa’y aylamaktin kishi, 
Alar aylagay bir-birining ishi. 
Anga o‘z yerida keraktur hurish, 
Munga dog‘i o‘z o‘rnida parvarish. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
154
Kishi yaxshi boqsa zarurat chog‘i, 
Keraklikdurur bu dog‘i, ul dog‘i. 
Yana bir dog‘i turfa suratdurur 
Ki, shah bilmak oni zaruratdurur. 
Bukim, tutsa har kimsa tavrini pos, 
Farosat bila bo‘lsa javharshunos. 
Ko‘rub la’l, axgar gumon qilmasa
Ham axgarni gavhar gumon qilmasa. 
Judo qilsa xarmuhra feruzadin, 
Butun chini o‘lsa sinuq ko‘zadin
3

Yerur lek bu ishta dushvorliq 
Ki, bor dahr eli bir namudorliq. 
Ko‘runur bori odami odami
Mushobih nechukkim sipehr anjumi. 
Bu birga nuhusat irodatdurur, 
Yana birga nuri saodatdurur. 
Kishi bo‘lsa ham, filmasal, tav’amon. 
Bo‘la olur ul yaxshiyu bu yamon. 
Kitobatda birdekdur alfu alif
Hisob ichradurlar base muxtalif
4

Biyobonda o‘lub qurug‘on kashaf, 
Yerur hay’at ichra nechukkim sadaf. 
Erur lek bu birda durri yatim, 
Yana birda bir necha azmi ramim5. 
Erur naxldek sham’u muz shushasi
Munung o‘t, aning suvdurur xo‘shasi. 
Ushoq qand un-tuzga monand erur, 
Va lekin biri tuz, biri qand erur. 
Humo dog‘i bor, o‘ylakim karkase, 
Vale bor aroda tafovut base. 
Vale shahg‘a nuri farosat kerak
Shunosolig‘ ichra kiyosat kerak 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin