Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
160
Yiroq
mulklardin vale kelgan el,
Vatan azmi qildilar andoqki yel:
Salotini Saqlobu Mashriq zamin,
Ne Xorazmu, ne Hindu, ne mulki Chin,
Hamul
kunki qochmoqqa mayl ettilar,
Tavaqqufsiz o‘z mulkiga kettilar.
Skandarga chun fath bo‘ldi qarin,
Topib shavkat andoqki sheri g‘arin.
Biyik taxt uzra maqom ayladi,
Vasiyat ishiga qiyom ayladi.
Burun shoh Dorog‘a tutti azo,
Bo‘lur yanglig‘ ul nav’ shahg‘a sazo.
Tutub so‘g e’zozu tamkin bila,
Qilib dafn shohona oyin bila.
Base zor yig‘lab aning holig‘a,
Aning holig‘a yo‘q, o‘z ahvolig‘a
Ki, ish boshig‘a tushti behad ulug‘,
Necha ish ulug‘, ishchisi qayg‘ulug‘.
Topib chunki Doro ishidin farog‘,
Tutub iki qotilni aylab so‘rog‘.
Ko‘mub dor uchun yerga iki sutun,
Ul ikini osturdi andin nigun.
Yana tirborong‘a
farmon qilib,
Alarg‘a ulus tirboron qilib
Ki, har kimki g‘adr aylasa shohig‘a,
Jazo budurur baxti gumrohig‘a.
Buyurdi badanlarni kuydurdilar,
Kul ettilaru ko‘kka sovurdilar.
Yana hukm qildiki, doronajod,
Qayonkim kishi bo‘lsa g‘amginu shod.
Bori emin o‘lsunki,
lutfi amiym,
Ko‘tardi alar ko‘nglidin vahmu biym.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: