Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
175
Va lekin chu yoqin yetib erdi qish, 
Cherik shohlar qish kuni chekmamish. 
Chu qishloq ishi ko‘nglida erdi jazm, 
Qarobog‘i Arron sori qildi azm. 
Ayoqchi, unut bir dam andishani, 
Ayoq ichra qilg‘il nigun shishani. 
Dame solmag‘il shishadek yuzga chin 
Ki, azm aylagum Hindu Kashmiru Chin. 
Mug‘anniy degil hinduyi rexta
9

Anga sehri Kashmiri omexta. 
Men ichganda chiniy ayog‘ni olib, 
Degil savt ollimda chiniy cholib. 
Navoiy, sumur bodai jonfizoy 
Ki, qolmish ne Mallu, ne Xoqon, ne Roy. 
Bu ma’ni xati davri sog‘ardadur, 
Alardin dema, so‘z Skandardadur. 
Yo‘q, Iskandari olamoroda bahs, 
Yerur balki Xizru Masihoda bahs. 
XXXII
Qish ta’rifidakim, tund yeli ko‘ngli hasrastliq ushshoq sovuq ohidin nishona ko‘rguzur va sovuq 
zamhariri ichi o‘tluq bedillar kofurbor nafasidin fasona aytur va taxta muzekim, marmar toshidin dam 
urar va chopquni durboshikim, jahonni barham va bu faslda falakvash oq uykim, quyoshdek shu’ladin, 
balki shu’ladek bodadin ravshan bo‘lg‘ay va anjuman bir quyoshyuzluk bahori nozparvard 
gul’uzoridin gulshan 
Kerak bazm aro o‘tu may bo‘lsa day, 
May andoqki o‘t, o‘t aningdekki may. 
Aning manqali shiratazyin kelib, 
Munung shirasi manqaloyin kelib. 
Munung yuzida may bati la’li nob, 
Ichinda aning burdog‘on bat kabob. 
Aning shu’lasi uyni gulshan qilib, 
Munung lam’asi ko‘zni ravshan qilib
1

Ani dam-badam yondurub dilkashe, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
176
Muni har dam aylondurub mahvashe. 
Anga dud o‘rnig‘a tarvihi ud, 
Bu solib dimog‘ ichra har lahza dud. 
Aning axgari koni gavhar bo‘lub, 
Munung la’li bir pora axgar bo‘lub. 
Vale bazm yuz boshlig‘ oq uy aro, 
Oq uy toshi tun mushki birla qaro. 
Vale mushk uza abri kofurbez, 
Jahon uzra yakdast kofurrez. 
Oq uyga eshik rust, tungluk dog‘i, 
Bo‘lub ko‘raga ev davrig‘a to‘k dog‘i. 
Mug‘anniylar aylab navosozliq, 
Muoshirlar aylab sarandozliq. 
Ne may, elni har sho‘x bir noz ila, 
Yiqib g‘amzai novakandoz ila. 
Ko‘ngulda biridin nihoni g‘ame, 
Xayoli bila o‘zga bir olame. 
Chu may oni beixtiyor etmayin, 
Ul anduhini oshkor etmayin. 
Vale chun qilib boda toroji hush, 
Bo‘lub o‘trudin mohvashi bodano‘sh. 
Munga dam-badam ul qadah achchig‘i, 
Qadahdek solib achchig‘-achchig‘ yig‘i. 
Ne boqmay anga umridin bahrasi, 
Ne boqmoqqa oning sori zahrasi. 
Kelib nogah ul sho‘xi xudroy anga, 
Qadah tutsa yuz noz ila, voy anga! 
Ichib bodani qo‘ysa ollig‘a bosh 
Qiyomatqacha bosh ko‘tarmasa kosh! 
Gar o‘lsa dema marg soni ani, 
Hayoti, degil, jovidoni ani. 
O‘zidin ketib oshiqi mayparast, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin