Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
168
Qayu birgakim tole’im qo‘ydi yuz,
Bor erdi alar mencha o‘n, balki yuz.
Chu Haq amridin zohir ettim nabard,
Alardin chiqordim falak uzra gard.
Bo‘lubdur bugun mulki Eron manga,
Bori shohlar bandai farmon manga.
Guruheki Doroni anglab rafe’,
Bo‘lub erdilar buyrug‘ig‘a mute’.
Bori dargahimg‘a nuzul ettilar,
Kelib qullug‘umni qabul ettilar.
Inoyatlar ettim gumondin fuzun,
Nekim el
gumon etsa, ondin fuzun.
Sanga ham agar baxt yovardurur,
Yana tole’ing yoru rahbardurur,
Qo‘pub o‘zgalardek janobimg‘a kel,
Janobi sipehr intisobimg‘a kel.
Ne
amr aylasam, bil kalomimni xo‘b,
Tobug‘umda bosh qo‘y, ayog‘imni o‘p
Ki, boringg‘a men lutfu ehson qilay,
Madoru rifq ulcha imkon qilay.
Seni shahlar ichra baland aylayin,
Inoyat qilib, arjumand aylayin.
Qilay kishvaringning
misolin raqam
Ki, tutsun taalluq sanga yakqalam.
Sipehr ofatidin panohing bo‘lay,
Aduv qilsa kin, kinaxohing bo‘lay.
Va gar mone’e tutqon o‘lsa vujud
Ki, yo‘lg‘a qadam qilmasang xoksud.
Qila olmas o‘lsang bu sori murur,
Bu iqboldin oriy o‘lsang zarur,
Senga ostonbo‘s mamnu’ esa,
Degan uzr ma’qulu masmu’ esa,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: