Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
162
Biriga necha ganju maxzan to‘lub,
Yana birga yetgonda taz’if o‘lub.
Bu fursatqa tegruki Doroyi dahr,
Jahondorlig‘ taxtidin topti bahr.
Ming uch yuz yil o‘n to‘rt olampanoh
Ki, bor erdilar olam ahlig‘a shoh.
Xazoyinki jam’ ettilar behasib,
Haq etti Skandarga borin nasib.
Qiloe’ki Dorog‘a
maxzan edi,
Yeshittimki yuz, dog‘i seksan edi.
Bular borcha maxzun javohir bila,
Zari maxfiyu, siymi zohir bila.
Kelib barchadin xozinu kutvol,
O‘pub shoh ayog‘ini davlat misol.
Xazina
kalidin bu bir kelturub,
Yana qal’a miftohin ul topshurub.
Alarg‘a shah aylab base justujo‘y,
Qilib maxzanu qal’adin guftugo‘y.
Biriga karam oshkor aylabon,
Yana birni ummidvor aylabon.
Qayu kimsa har qal’adinkim yetib,
Anga-o‘q hamul ishni tafviz etib.
Xazoying‘a hukm etti lekin nuxust,
Ki ahli qalam aylabon bozjust.
Tilab
daftar ul shoh devonidin,
Ki maxzan edi jam’, farmonidin.
Topib jam’u xozindin istab hisob,
Agar la’l koniyu gar durri nob.
Qayu qilsa daftar yuzidin qabul,
Anga hukm aylab tariqi vusul.
Yana chiqmag‘onni hisobig‘a rost,
Tashaddud bila qildurub bozxost.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: