Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
177
Yiqildi chu har kimsa bir yerda mast. 
Sabuhiy chog‘i ko‘z ochib mohvash, 
Xumor etgali daf’, o‘lub jur’akash. 
Yana yoqibon sham’u majlis tuzub, 
Yatimona ko‘p shevalar ko‘rguzub. 
Ko‘zi ayni maxmurlug‘ ichra mast, 
Mayi la’lidin mastlar mayparast. 
Qaro bo‘rkin egri qo‘yub boshig‘a, 
Yetib bir qirog‘i qaro qoshig‘a. 
Ko‘zi po‘stin ichra pinhon bo‘lub, 
Hamal burjida mehri raxshon bo‘lub. 
Qiyos etmayin davri laylu nahor, 
Aningdek qish ichra, munungdek bahor. 
Bu hay’at bila oshiqi boshig‘a, 
Kelib noz ila o‘lturub qoshig‘a. 
Qulog‘in tutub, tortib uyg‘otqali, 
Ko‘z ochqoch tuman noz o‘qin otqali. 
Masihovash alqissa yuz dam tuzub. 
Kecha andoq o‘lturganin tirguzub. 
Chu oshiqqa ul ruh etib iltifot, 
Masih ilgidin topib obi hayot. 
Masihi damidin aning jon topib, 
Xususan, yana obi hayvon topib. 
Iki jur’adin, o‘yla maston bo‘lub 
Ki, bazm ahlig‘a harfi daston bo‘lub. 
Dema mast, majnuni behol de, 
Junun ichra oshufta ahvol de. 
Harorat chu g‘olib bo‘lub bodadin, 
Junun ortibon ul parizodadin. 
Qilib vahmkim ishqi devonasoz, 
Anga qilmag‘ay nogah ifshoi roz. 
Qo‘pub dog‘i uydin chiqib tashqari, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
178
Urub telbalardek qadam har sari. 
Jahonni ko‘rub qor ichinda nihon 
Ko‘runub ko‘ziga yana bir jahon. 
Kamar tig‘idin sarsar andoq esib 
Ki, har yerga tegsa pichoqdek kesib. 
Sular muzdin andoq bo‘lub sangbast 
Ki, tosh ursalar mumkin o‘lmay shikast. 
Quyosh chashmasi bir qadah muz bo‘lub, 
Sochilg‘on bori qatra yulduz bo‘lub. 
Falak sabzasida qolib yoshurun, 
Nazarg‘a bo‘lub zohir o‘lg‘onda tun. 
Ko‘runmay quyosh partavi nurluq, 
Borib tab’idin dog‘i mahrurluq. 
Yel osebidin xalq yuz bog‘labon, 
Nafasning tafi shusha muz bog‘labon. 
Urub qush o‘zin o‘tqa devonadek, 
Va yo sham’i so‘zong‘a parvonadek. 
Degil duddin shu’la dom etti fosh, 
Shararlardin o‘ldi anga donaposh. 
To‘lun oyg‘a ko‘k bo‘lg‘ucha yuz to‘ngub, 
Falak bahri nili dog‘i muz to‘ngub. 
Yemas oq bulut charx javfida tuz 
Ki, andin sinib tushti bir pora muz. 
Chu day xoni yel xaylidin un solib, 
Chaman kishvari sori chopqun solib. 
Shajar xaylini, o‘yla tolon etib 
Ki, boshtin-ayog‘ini uryon etib. 
Qilib o‘zlarin o‘rtamak multamas, 
Sarosar o‘tun bo‘lmak aylab havas. 
Gumon aylabon shu’la ko‘rgach tazarv, 
Qilib davrida larza shamshodu sarv. 
Bo‘lub momug‘u tuk aro el nihon, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin