Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
194
Sipahning qirog‘ig‘a
chun yettilar,
Ravon ra’d asbobi soz ettilar.
Tilismi garonmoyani kelturub,
Hamul ra’d yoyig‘a toshdek qurub.
Chu doruga o‘t yetti, tutti havo,
Qilurga ulus mehnatig‘a davo.
Borib tushti a’do arosig‘a chust,
Azim un chiqordi tegib yerga rust.
Degan to‘rt ish tutti andin vujud:
Sadou afan, is bila o‘tu dud.
Sado
botil etti fusunlarni pok,
O‘ti kuydurub qal’ani qildi xok.
Fusungar yuzin dudi etti qaro,
Isi qo‘ymadi nukta xotir aro.
Alar ichra chun tushti bu rustaxez,
Topilmas edi chorae juz gurez.
Qochib bo‘ldilar
ozimi poytaxt,
Anga tegrukim Malluyi tiyrabaxt.
Parishonlig‘u benavolig‘ bila,
Hamul duddin yuzqarolig‘ bila.
Borur chog‘da ming joduyi sabzrang,
Va lekin kelib barchasi ahli zang.
Borib anda ko‘k qarg‘a – zog‘e kelib,
Ketib to‘ti, ammo kalog‘e kelib.
Hamul go‘y otilg‘och qochib yak-bayak,
Masaldurki: «Ming qarg‘ag‘a bir kesak»
18
.
Kishi
tonimay munda mingdin birin,
Alar demaguncha ul ish sohirin.
Chu Mallug‘a arz ettilar holni,
Alar otqon ul turfa timsolni.
Skandar ishidin ko‘tardi hisob,
O‘z ahvolig‘a topti yo‘l iztirob.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: