Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
196
Hamul damki otturdi qo‘rg‘ong‘a go‘y
Ki, darband qildi yiqilmoqqa ro‘y.
Dedi, aylagay azm qo‘rg‘on sari,
Nechukkim nabi charxi gardon sari.
Vale bermadi ahli hikmat anga,
Ravon azm qilmoqqa ruxsat anga.
Ki: «Qilmoq bugun azm emas maslahat,
Bugun man’ qilmoqqa budur jihat.
Kim, ul
dud ila is tugansun tamom
Ki, nuqson topar elga andin mashom».
Yeshitgach bu so‘z dovari qahramon,
Sukun ixtiyor ayladi shodmon.
Yonib borgah sori azm ayladi,
Tarab birla ohangi bazm ayladi.
Bilik
ahlidin majmae soz etib,
Ko‘p ehsonu tahsinlar og‘oz etib.
Qilib har birin lutfidin bahramand.
Ato birla ta’zimidin arjumand.
Chu mag‘ribqa otti hakimi sipehr,
Skandar tilismi kibi go‘yi mehr.
Qadah birla tiybi dimog‘ ettilar,
Tarab birla mayli farog‘ ettilar.
Anga tegrukim, garm bo‘ldi dimog‘,
Qo‘pub, uyqudin istadilar farog‘.
Borib tab’din ranju farsudaliq,
Badan uyqudin topti osudaliq.
Chu xurshid ko‘rguzdi anvorini,
Skandar kibi ochdi ruxsorini.
Skandar
ochib chehra xurshiddek,
Murod ahlig‘a subhi ummiddek.
Chiqib raxsh uza, o‘ylakim Rustame,
Va yo charx uza nayyiri a’zame.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: