Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
188
Bo‘lub har biridin judo nahrlar
Ki, har nahri obod etib shahrlar.
Va lekin bu rudeki, derlar Ko‘hak
13
Ki, yo‘q ravzaning
nahri erkonga shak
Ki, ichgach tavono bo‘lub notavon,
Guzar aylabon umr yanglig‘ ravon
Ki, andin ne bir shahr obod o‘lub,
Ne ma’murasidin birov shod o‘lub.
Agarchi latofatda rashki Furot
14
,
Bo‘lub borcha zoe’, nechukkim hayot.
Skandar chu bu mulki dilkash ko‘rub,
Fazou havosin Eramvash ko‘rub.
Xususan Ko‘hak rudikim, nahri Nil
15
Yemas oncha, ne Nilkim, Salsabil
16
.
Yana Tengridin bo‘yla
tutti umid
Ki, ul Nil uchun Misre etgay padid.
Qilib hikmat ahli bila guftugo‘y,
Yetib shahr uchun yaxshi yer justujo‘y.
Hamul pushtaekim Ko‘hak topti ism,
Ne pushta jahon ganji uzra tilism.
Ushoq tosh anga la’lu inju kibi,
Yashil sabzasi charxi miynu kibi
Ki, mansub erur anga Ko‘hak suyi,
Nedinkim, erur jori andin quyi.
Hamul to‘pa
ollidin andoq oqar
Ki, oshiq boshu ashki, der, kim boqar
17
.
Aning yonida shahr qildi bino
Ki, o‘lturmasun anga gardi fano.
Skandar
otodi Samarqand ani,
Samarqandi firdavsmonand ani.
Ani chun tugatti qilib ehtimom,
Ravon qildi Kashmir sori xirom.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: