Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
190
Demay kimsa darbandu boru ani,
Tasavvur qilib aql jodu ani.
Ichinda
iki ming kishi chorasoz,
Bori hiylapardozu afsuntiroz
Ki, darbandi oliy namudoridin,
Yaqin kelmagay kimsa ming qoridin.
Kishikim qadam qo‘yg‘ay ul yon nuxust,
Ayog‘i aning bo‘lg‘ay ul nav’ sust
Ki,
topmay taharrukning imkonini,
Yomon vartada ko‘rgay o‘z jonini.
Takovar dog‘i qilsa ul yon shitob,
Ayog‘idin itgay tavon birla tob.
Sipah chun bu yerga yetib, lol o‘lub,
Tahayyurdin oshufta ahvol o‘lub.
Shah ollig‘a qaytib ayon ettilar,
Nekim bo‘lmish erdi bayon ettilar.
Shah etmay bu so‘zlarga
hech iltifot,
Arastu bila yetti ul yerga bot.
Inonmay yiroqtin namoyish bila,
Yaqin ayladi ozmoyish bila.
Dedikim: «Bu nayrangi Kashmirdur,
Fusungar ishi, makru tazvirdur.
Kerak qilmoq andoq aning chorasi
Ki, bo‘lg‘ay nigun burj ila borasi».
Cherikni
tushurdi keyinrak yonib,
Yurub hifz uchun davrig‘a aylonib.
Chu ko‘ngli bo‘lub jam’, aylab xirom
Tushub borgoh ichra, tutti maqom.
Bor erdi janobida besh yuz hakim,
Alardin o‘ni kecha-kunduz nadim:
Filotun, Arastu,
Balinos ham,
Yana Arashmidus, Shaminos ham.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: