Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
206
Borib bir-iki kunda qildi iloj.
Shah o‘z va’dasig‘a
vafo ayladi,
Degandek ani kadxudo ayladi.
Yetib shoh umri kuniga zavol,
Anga topti ul shohlig‘ intiqol.
Chu ogahlig‘ o‘ldi aning yorig‘a,
Bukim shahlig‘ o‘ldi aning yorig‘a.
Safar azmi qildi ajab hol ila,
Falak ko‘bidin jismi pomol ila.
Bu kishvarni
chun qildi oromgoh
Ki, yori edi anda kishvarpanoh.
Rafiqig‘a keldi bu ish dilpazir,
Inoyat qilib, etti oni vazir.
Chu mulkida aftodau zor edi,
Ulus ollida dam-badam xor edi.
Vazoratdin o‘lmoq rafohiyati,
Bu dog‘i edi sayr xosiyati.
Chu avvalg‘ining
sayri komil edi,
Anga saltanat amri shomil edi.
Kishi o‘zluki mulkidin qilsa sayr,
Anga oqibat aylasun Tengri xayr.
Dostları ilə paylaş: