www.ziyouz.com
kutubxonasi
199
Ki, Mallu chu solib chiqib mulkini,
Qochib qoldi go‘yoki bir xozini.
Necha tuhfa ganjidin oning olib,
Chu ul qal’ag‘a azm etib, bu – qolib.
Hamul tuhfalar bir-biridin g‘arib,
Hamono Skandarga ermish nasib.
Alardin biri ul duraxshanda jom,
Ichinda to‘la bodai la’lfom
Ki, har nechakim ichsa kam bo‘lmayin,
Icha olmayin kimsa, xam bo‘lmayin.
Yozib jom davrida ta’rifini,
Qilur chog‘da ul jom tasnifini
Ki, olamni olg‘onda Jamshidshoh
Kim, ul xusrave erdi hikmatpanoh.
Necha yil yig‘ib hikmat ahlin tamom,
Tilism ettilar sa’y etib iki jom.
Birisin dedi: Jomi Getinamoy,
Birisin dedi: Jomi Ishratfizoy.
Chu Getinamo asru mashhur erur,
Muni vasf etay ulcha maqdur erur
Ki, vaz’in tilism aylaganda hakim,
Bu nav’ aylamish soz tab’i salim.
Ki, may jozibi bo‘lgay ajzo anga,
Tamom o‘lmag‘ay boda aslo anga.
Necha ichsalar bo‘lg‘ay ul lab-balab,
Zihi xush tamosho, zihi xush tarab.
Agarchi necha ichsa o‘ksulmagay,
Vale egri ham bo‘lsa, to‘kulmagay.
Aningdekki, may jazbi oning ishi,
Ola olmag‘ay jazb qilmay kishi.
May anda hamul kun magar qolmag‘ay
Ki, olamda maydin asar qolmag‘ay.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
200
Skandarga chun ro‘zi ul jom o‘lub,
Tuzub majlisu bodaoshom o‘lub.
Qilib hikmat ahli tamosho ani,
Ilikdin dame qo‘ymay aslo ani.
Bo‘lub shahg‘a ul nav’ ishratfizoy
Ki, yod aylamay Jomi Getinamoy.
Ketur soqiy, ul jomi yoqutgun
Ki, el tab’ida ishrat etgay fuzun.
Necha bodasin ichsa kam bo‘lmag‘ay,
Muoshirg‘a andin alam bo‘lmag‘ay.
Mug‘anniy, surude chiqor dilnavoz,
Bo‘lub ahli Kashmirdek sehrsoz.
Agar nag‘ma bas qilmoq etsang havas,
Hamul jom gum bo‘lmayin qilma bas!
Navoiy, agar topsang ul nav’ jom,
Nekim bodadin o‘zga ichsang harom.
Xitob etgasen Jomi Boqiy ani,
Vale tutsa gulchehra soqiy ani!
XXXVI
Hakimi koinot payvand va xoliqi bemislu monand masnuoti tamoshosi aning vujudi isbotig‘a hujjati
qoti’ va burhoni soti’ ekan bobda nukta surmak va ul sanoe’ning badoe’i jahon kezmakta ko‘prak
muyassar erkonga ham dalil kelturmak va safar tariqin uch nav’da taqsim qilmoq: avval, soliki
rahnavard o‘zluk bavodisin qat’ etib, maqsad haramig‘a muhtaram bo‘lmoq; ikkinchi sayyohi
jahongard talab manozilida boshdin qadam qilib, murshidi komil irshodi bila takmil topmoq;
uchunchi, xusravi Bahrom nabard sipohi anjum adad chekib jahon mulkin olmoq
Azal subhikim chekti Fayyozi Jud,
Bori ofarinishqa naqshi vujud.
Taharruk topib kilki taqdir anga,
Bo‘lub kavn ashkoli tasvir anga.
Chu ul xomani qildi suratnigor,
Ajoyib suvar bo‘ldi ko‘p oshkor.
Ajab yo‘q musavvir esa bir oti
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |