Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
198
Yasab erdi Mallu tarabxonae,
Tarab qilgali qasri shohonae.
Hamul qasr davrida bir turfa bog‘,
Anga har guli toza ravshan charog‘.
Biyik toqini charxfarso qilib,
Bu gulshan otin Jannatoso qilib.
Hamul ravzada bo‘ldi shah manzili,
Tushub shahr ichinda sipah mahmili.
Chu bu ishni ma’lum etib xosu om,
Bori Jannatosog‘a
aylab xirom,
Xavosi ko‘rub shohdin iltifot,
Topib har biri yangi boshdin hayot.
Avom ollig‘a iltijo aylabon,
Yiroqtin chekib un, duo aylabon.
Shah altof
ila barchasin shod etib,
Buzulg‘on ko‘ngullarni obod etib.
Qilib hukmkim, el qilib iztirob,
Kishidin tama’ qilmasun rishtatob.
Birovkim tama’ rishtae qilg‘usi,
Aning birla bo‘g‘zidin osilg‘usi.
Berib mulk eli lek moli amon
Ki, andin topib bahra yaxshi-yamon.
Raiyat bu bermakka xursand o‘lub,
Sipohi olurdin barumand o‘lub.
Birovdin birovga yetishmay g‘ame,
Kishidin kishi olmayin dirhame.
Skandar ichib aysh uchun jomi sof,
Qilur erdi Kashmir mulkin tavof.
g‘aroyib ko‘rar
erdi haddin fuzun
Ki, sharhi aning so‘zni aylar uzun.
Bir ul jumladin jome erdi shigarf,
To‘la maydin andoqki daryoi jarf
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: