Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
213
Ki, mulk ichra o‘t manba’i ul bo‘lub,
Ne o‘tkim, quyosh matla’i ul bo‘lub.
Bu mulk ichra o‘tlug‘ nekim bo‘lsa tosh,
O‘ti ushbu otashgah ichinda fosh.
Tilism aylabon jazb o‘tlarni pok
Ki, otashgah andin bo‘lub shu’lanok.
Shararlarki choh og‘zida bilgurub,
Hamul kishvar ahlig‘a o‘t yetkurub.
Kishi
qilsa ul choh boshini rust,
Hamul nav’kim rust ekandur nuxust.
O‘t o‘lmas yana mulk ahlig‘a fosh,
Kirar yer tubiga nechukkim quyosh.
Skandar qachon olsa Kashmirni,
Aning shohi aylar bu tadbirni.
Ul ish daf’ig‘a ahli hikmat tamom,
Degaylar ayon aylali ehtimom.
Filotung‘a
lekin havolatdurur
Ki, hikmatda sohibmaqolatdurur,
Kerak topib ul naqb boshin burun,
Tikib chodir ul yerda tutqay o‘run.
Ochib naqb boshini qilg‘ay xirom,
Qadamni sanab urg‘ay o‘n yetti gom.
Chu o‘n
yetti gom urdi qilmay guzar,
Iki yonig‘a yaxshi qilg‘ay nazar
Ki, har sori lavhe erur ta’biya,
Birida yelu birda o‘t ta’miya
8
.
Kerak tepsa har lavhni o‘yla rust
Ki, yumrulsa devor ichiga durust.
Biri yelga yo‘ldur, biri o‘tga yo‘l,
Buzulg‘och ravon tashqari qochtik ul
Ki, o‘t
birla yel, o‘yla tug‘yon qilur
Ki, yo‘llarki bog‘landi – vayron qilur.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: