Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
228
Shabob andakim uzr qo‘lg‘usidur, 
Vara’ aylamak vaqti bo‘lg‘usidur». 
Bu so‘z birla ko‘nglin qilur erdi xush
Bu xushluq bila bor edi jur’akash. 
Shabob o‘ttiyu quvvati qolmadi, 
Dedi: «Toat aylay», qila olmadi. 
Ham o‘lmish edi fisq odat anga, 
Base sa’b erdi ibodat anga. 
Va gar qilsa ham zavq topmas edi
Dame lahvdin diyda yopmas edi. 
Chu ko‘rdiki, umr o‘ldi yaksar taboh, 
Yana yetti sarvaqtig‘a piri roh. 
Ko‘rar turfa barnoni mabhutu masx 
Ki, qilmish edi zuhd azmini fasx. 
Kelib naz’ vaqti aning boshig‘a, 
Sukun tutti rahm aylabon qoshig‘a. 
Nekim qilg‘onidin pushaymon ko‘rub, 
Zamirini benuri imon ko‘rub. 
Dedi: «Pand berdim, vale qilmading, 
Bu kun ollinga kelmagin bilmading». 
Dedi: «Tajribam yo‘q edi, ey rafiq
Su uzmakni o‘rganmay o‘ldum g‘ariq. 
Qarilig‘da gar bilsam erdi bu hol, 
Yigitlik chog‘i qilmas erdim vabol». 
Dedikim: «Otangga necha umr edig‘» 
Hisob aylabon: «Yuz o‘n iki», – dedi. 
Dedi: «Ul ham o‘lmish edi notavong‘» 
Yeshitguchi tasdiq qildi ravon. 
Kulub dedi sohibdil: «Yey bulhavas, 
Yemasmu edi tajribang muncha basg‘» 
Angakim yetar Tengridin mavhiba, 
Kerak o‘zgalar holidin tajriba. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
229
XLII 
 
HIKMAT
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, yigitlikta tab’ nevchun ibodatdin mutanaffirdurur va 
qarilikqa dimog‘ taaqquldin qosir va hakimning pirona roy bila shohi juvonbaxtqa yo‘l ko‘rguzgani 
Yana surdi bu nukta shohi jahon 
Ki: «Yey nuktadoni ramuzi nihon, 
Yigitlikta ish kasbi osondurur, 
Nedin tab’i andin harosondururg‘ 
Nedindur anga komi lahvu tarab
Vara’din nega zohir aylar taabg‘ 
Yigitlikning o‘tgan zamon navbati, 
Har ishta nedin kam bo‘lur lazzatig‘ 
Tarabnok nevchun bo‘lur navjuvon 
Qarig‘a bo‘lur ne tarab, ne tavong‘» 
Dedi donishomuzi hikmatxisol 
Ki: «Yey borcha da’bu xisoling kamol, 
Tufuliyyat ayyomi yo‘qtur shuur, 
Yerur tab’ royu xiraddin nufur. 
Ul ayyom erur lahvg‘a muqtazi, 
Xatog‘a, dog‘i sahvga muqtazi. 
Nedinkim xiradqa chu yo‘q dastras, 
Yerur nafs da’bi havou havas. 
Tufuliyyat o‘tgachki bo‘ldi shabob, 
Xirad nuri soldi dimog‘ ichra tob. 
Kishining bu vaqt ikidur holati
Erur aqli yo nafsining quvvati. 
Agar aqlig‘a quvvat o‘ldi fuzun, 
Bo‘lur yaxshi ishlar sori rahnamun. 
Vale olam ahlida bu ozdur, 
Ulusdin agar bo‘lsa mumtozdur. 
Va gar nafsi aqlidin o‘lsa qavi, 
Zaruratki, bo‘lg‘ay aning payravi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin