Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
227
Va gar yotsa mundoq malolat tuni,
Anga bosh ko‘tarmak qiyomat kuni.
Birov bo‘lsa bu nav’ ranjozmoy,
Anga solim o‘lg‘aymu tadbiru roy.
Har ishga shuru’
etmagi bemaza,
Ibodat anga ortug‘ aylab baza.
Tavono ekan chog‘da aylab gunoh,
Ne sud aylagan vaqt umrin taboh.
Yigitlik erur qulluq etmak chog‘i,
Qariliq erur chunki ketmak chog‘i.
Xusho ulki, umrin taboh etmadi,
Qilur ishlarin qilmayin ketmadi.
XLI
Ul g‘ofil yigit hikoyatikim, voqif pir nasihati qadrin bilmadi, ish vaqtidin o‘tgandin so‘ngra
pushaymonlig‘i sud qilmadi
Eshittimki,
bir turfa barno edi,
Yuzi dilkashu qaddi ra’no edi.
Nechukkim erur muqtazoi shabob,
Ishi bor edi lahv sori shitob.
Yemas erdi bir lahza berudu may,
Agar navbahoru va gar fasli day.
Bor
edi javorinda ahli dile,
Tariqatning odobida komile.
Kelib erdi qo‘shnilig‘idin batang
Ki, bor erdi g‘avg‘o anga bedarang.
Nasihat qilur erdi ko‘p dilpazir,
Vale bo‘lmas erdi anga joygir.
Necha
pand ila topsa erdi xitob,
Berur erdi nosihqa mundoq javob
Ki: «Bordur yigitlik farog‘at chog‘i,
Qariliq erur zuhdu toat chog‘i.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: