Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
243
Quchushmoq bila sarbaland ayladi.
Qilib shohning poybo‘sig‘a mayl,
Nechukkim, tushar tog‘ ayog‘ig‘a sel,
Yuqorroq
chekib shoh ikrom ila,
Quchub shohni Roy ham kom ila.
Yonib chun quchardin bo‘lub ko‘ngli xush,
Keturganlarni aylabon peshkash.
Shah aylab qabul, anga yer ko‘rguzub,
Mulukona qonunu oyin tuzub.
Nekim vahm edi ko‘nglidin qildi raf’,
Zamiridin andeshani qildi daf’.
Yana ul suruk zumrai dinni ham,
Dog‘i zumrai hikmatoyinni ham,
Burung‘idek
aylab rioyat base,
Niyoz uzra qildi inoyat base.
Takallum qilib shah base jonnavoz,
Demay jonnavoz, ayt mehmonnavoz.
Bori Hind elin o‘yla
sayd ayladi
Ki, tori vafo birla qayd ayladi.
Muloyim chiqib bazm haddin fuzun,
Tasalsul bo‘lub nuktalarga uzun.
Shah altofini chun ko‘rub beqiyos,
Qo‘pub Royi hind ayladi iltimos
Ki: «Aylab karam shohi gardunnahib,
Bu kishvarga ruxsoridin bersa zeb.
Tavaqquf
qilib munda bir necha oy,
Qilib Hind tufrog‘ini charxsoy.
Bu kishvardakim ko‘p g‘aroyibdurur,
Demay, ko‘pki, koni ajoyibdurur.
Ajab beshau bul’ajab vahshu tayr,
Farog‘at bila necha kun qilsa sayr.
Yetibdur yaqin g‘olibo qish dog‘i,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: