Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
258
nomuvofiq javob topqoni va ul jihatdin zarra hisobliq cherigi zarra xaylidek qo‘zg‘olib, o‘zi tadbir
ishin zarrai qo‘ymag‘oni
Bu yanglig‘ dedi noqili nuktasanj,
Base tortqon nukta naqlida ranj:
Ki, chun bo‘ldi Iskandari nomjo‘y,
Qish ul turfa marz ichra oromjo‘y.
O‘zi xud edi kishvaroroyi Hind,
Yana majlisoro anga Royi Hind.
Borib goh
shahr ichra hammom uchun
Imorat aro bodau jom uchun.
Solib Roy qasrida ishratqa pay,
Tarab birla og‘oz etib rudu may.
Gahi besha ichra shikor aylabon,
Shikor ichra may ixtiyor aylabon.
Gahi babr urub, goh sher o‘lturub,
Va gar pilu kark – ul daler o‘lturub.
Gahi
soz etib bazm daryo aro,
Kirib kishtiyi bahrpaymo aro.
Tutub shast ila mohiyi siymgun
1
,
Qilib jomi siymin ichardin nigun.
Nayistonni gohi qilib marhala,
Kirib anda andoqki sheri yala.
Gavazn o‘lturub, chun surub go‘rtak,
Qilib may aro nayshakardin gazak.
Gahi Shahd tog‘ig‘a
aylab uruj,
Quyosh, o‘ylakim qilsa mayli buruj.
Chu may birla tog‘ uzra xushhol o‘lub,
Hamul shahddin forig‘ulbol o‘lub.
Gahi aylab oyini shohanshahi,
Tuzub nag‘ma xirgoh aro xirgahi.
Ichib borgohi falakjoh aro,
Saropardai charxdargoh aro.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: