Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
264
Ravonroq ketursang javobi savob,
Savob o‘lg‘usi bizga dog‘i javob
7
.
Agar amrdin to‘lg‘ar o‘lsa bo‘yun,
Ko‘roliki, gardun ne o‘ynar o‘yung‘»
Chu qosid eshitti bu yanglig‘ maqol,
Qo‘pub qo‘ydi yuz yo‘lg‘a oshuftahol.
Davo topmayin dardi jonkohig‘a
Qadam qo‘ydi o‘z xoni dargohig‘a.
Ne so‘zkim qilib erdi Xoqon xitob,
Nelarkim buyurdi Skandar javob.
Nechukkim o‘tub erdi majlis aro,
Sarosar bayon ayladi mojaro.
Chu
fahm etti Xoqonkim, ul tundsher
8
,
Yerur ul gumon aylagandin daler.
Yiborsa kishi asru benaf’ erur,
Va gar borsa mundoq javobin berur.
Adovatqa mardona bel bog‘ladi,
Skandar kelur vaqtini chog‘ladi.
Cherik yig‘mish erdi Xito mulkidin,
Yeti yo‘qki, yetmish ato mulkidin.
Sipohi sipehr anjumidin fuzun,
Adad ichra sahro qumidin fuzun
9
.
To‘quz yuz ming ul nav’ novakfikan,
Ne novakfikankim, balorakfikan
Ki, birdin bo‘lub xasm yomg‘urda g‘arq,
Yana bir choqilg‘ay aningdekki barq.
Jiba sarbasar zarhalu turksoz,
Kejim borcha zarbaft chiniytiroz.
Bori novakafgan, bori tig‘zan,
Bo‘lub borcha javshan bila ro‘ytan.
Har otlig‘
kelib naxli orosta,
Dema naxlkim, mohi nokosta.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: