Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
269
Agar borsa Xoqon dog‘i qoshig‘a, 
Qo‘yar mamlakat afsarin boshig‘a. 
Ayon aylabon xizmat izhorini, 
Olur har nekim mulkidur borini. 
Bu ishtin nekim o‘zga tutsa vujud, 
Pushaymonlig‘i qilmas ul vaqt sud». 
Bo‘lub firqa-firqa eli so‘-baso‘, 
Bu so‘zni qilur erdilar guftugo‘. 
Birovkim edi mahrami xos anga, 
Muhabbat aro sohibixlos anga. 
Tilab xilvate xoli ag‘yordin, 
Ne ag‘yordin, balki dayyordin. 
Dedi o‘lturub yig‘layu zor-zor 
Ki: «Yelga tushubtur ajab xorxor». 
Yeshitganni eldin sarosar dedi, 
Ko‘pu oz yo‘qkim, barobar dedi. 
Tugatgach so‘zin dedi: «Yey shahriyor 
Ki, bo‘lsun sanga doyimo baxt yor! 
Manga ulcha ma’lum bo‘ldi, dedim 
Ki, bu so‘zni ayturda ma’zur edim. 
Inonsang bu holatqa bir fikr qil, 
Inonmas esang ayla tahqiqu bil». 
Dame qildi andesha Xoqoni Chin, 
Chu ko‘p qildi tahqiq, bildi yaqin 
Ki, noqil so‘zi sarbasar chin emish, 
Ang‘a rostliq da’bu oyin emish. 
Base bo‘ldi o‘z holig‘a chorajo‘y, 
Anga bermadi hech bir chora ro‘y. 
Yelin dog‘i bildiki, bordur muhiq, 
Yemas ta’nu tashni’g‘a mustahiq 
Ki, chiniy ayog‘ birla xoroi Rum, 
Qachonkim urushtursa doroi Rum, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
270
Necha kimsa aql ichradur zerdast, 
Bilurkim qayon tushgusidur shikast. 
Agar chini ul kinani qilsa fosh, 
Bilurkim urar o‘z ayog‘ig‘a tosh. 
Bu ishta hujum etti qayg‘u anga, 
Tong otquncha yo‘q erdi uyqu anga. 
Sahar vaqti bir roy topti savob, 
Olib g‘ayb dushizasidin niqob. 
Solib aql ko‘ngliga andeshae 
Ki, topmaydur oni xiradpeshae. 
Tilatti ham ul mahrami xosni 
Ki, ko‘rguzmish erdi bu ixlosni. 
Dedi: «Borgah davridin elni sur, 
Saroparda dargohidin ham itur. 
Yeshikni kelib aylagil takyagoh, 
Nido qilki: «Ko‘rmas bugun elni shoh!» 
Bugun asra oqshomg‘acha bu eshik, 
Mening soridin bo‘lma andeshalik. 
Kelur kecha gar keldim ersa bu chog‘, 
Muyassardurur borcha komu farog‘. 
Agar kelmasam o‘z yarog‘ingni ko‘r, 
Ne ollingg‘a kelsa ayog‘ingni ko‘r. 
Vale bir kunu bir kecha zinhor 
Ki, bu pardada yaxshi bo‘l pardador. 
Vale mendin ish suratin so‘rmag‘il, 
Bu andesha kayfiyatin so‘rmag‘il». 
Qabul etti Xoqon so‘zin mustami’, 
Kirib uyga ul roy aro muxtari’. 
Solib har ne shohona erdi asos, 
Rasulona egniga soldi libos. 
Hamul mahramig‘a ayttiki: «Bot, 
Saroparda yonida keltur bir ot!» 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin