www.ziyouz.com
kutubxonasi
271
Chu kelturdi markabni tayyor etib,
Saroparda yonig‘a chekti yetib.
Chiqib markab ustiga Xoqoni Chin,
Ani qildi bu roz ishiga amin.
XLVIII
Qamarsayyoh sarius-sayri quyosh bila qiron qilg‘ondek Xoqon Iskandarga risolat uchun muqorin
bo‘lg‘oni va ul muqoranadin muqobalag‘a borg‘och qamardek nur va safodin to‘lg‘oni
Qorong‘uda chiqti sipahdin surub,
O‘zin qal’a darbandig‘a yetkurub.
Berib muhri naqshinki, Xoqon demish:
«Chiqoring menikim, erur kulli ish».
Alar chun nishona topib dilpisand,
Chiqorib ani qal’adin begazand.
Bo‘lub tez Xoqoni ofoqgard,
Skandar sipohi sari rahnavard.
Borur erdi ko‘nglida yuz ming xayol,
Xavotir qilib ko‘nglini poymol.
Chu xurshidi iskandariy ochti chehr
1
,
Skandardek ofoq uza soldi mehr.
Nujum o‘ldi Chin xaylidek befurug‘,
Qazo qildi ko‘k marg‘zorin qo‘rug‘
2
.
Skandar sipohig‘a farrux rasul –
Yetib ostonida qildi nuzul.
Ravon shahg‘a arz ettilar bu maqol
Ki: «Kelmish rasuli humoyunjamol.
Boshidin-oyog‘ig‘acha farru hush,
Bashar surati ichra kelgan surush».
Skandar dedi: «Aylabon ehtirom,
Anga taxtim ollinda aylang maqom
Ki, bu kecha bir tush ko‘rubmen g‘arib,
Bu gar bo‘lsa ta’biri ermas ajib:
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
272
«Quyoshcha manga tushta anvor edi,
Yana bir quyosh ham padidor edi.
Kelibon qo‘yar erdi ollimda bosh,
Kishi ko‘rmamish mundoq iki quyosh».
Yana hikmat ahlining a’lomida,
Falak sayridin yozg‘on ahkomida:
«Navodir edi bu iki kunda ko‘p
Ki, zohir bo‘lur, — dedilar, — munda ko‘p».
Navodirki qildi alar e’tibor,
Bu nodir biri bo‘lmoq imkoni bor».
Debon shah bu so‘zni, dedikim: «Yurung,
Degon kimsani ichkari kelturung!»
Borib chunki kelturdilar ichkari,
Ko‘rub rasmu oyini Iskandari.
Yiroqroq suxandoni farxundaroy,
Rasulona oyin keturdi bajoy.
Rasul erdi chun yaxshi avsof ila,
Skandar tilab quchti altof ila.
Yetib baxtdin bu bashorat anga,
Shah: «O‘ltur!» — deb etti ishorat anga.
Rasul o‘lg‘och ollida oromjo‘y,
Savol etti Iskandari komjo‘y.
Ki: «Har ne so‘zung bo‘lsa og‘oz qil,
Ne roz aytsang bizni hamroz qil!»
Taanni bila dedi farrux rasul
Ki: «Yey dargahing ostoni qabul!
Nekim aylading hukm, jon ustiga,
Ravon qilmoq oni ravon ustiga.
Va lekin Xito xoni Xoqoni Chin
Ki, tadbiru royig‘a yuz ofarin.
Manga necha so‘z debdurur, bas sharif
Ki, ermas eshitmakka har kim harif.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |