Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
276
Bilib jurmum olingg‘a keldim zalil,
Agar tortsang tig‘ –
qonim sabil
5
.
Va gar afv ila qismim etsang tarab,
Sening xulqu lutfungdin ermas ajab».
Skandar dedi: «K-ey, shahi komyob,
Manga ulcha sen aytib erding javob.
So‘zi erdi ma’qulu yorona ham,
Pisand etgudek xeshu begona ham.
Vale
men qilib puxta tadbirlik,
Chu boshimda erdi jahongirlik.
Jahon mulkin ochmoqni jazm ayladim,
Bu kishvar sari dog‘i azm ayladim.
Aduvsig‘a har shahki g‘olibdurur,
Bu yanglig‘ bahonag‘a tolibdurur.
Yo‘q ersa sanga o‘kta so‘z yo‘q edi,
Ne bo‘lsa bizing soridin-o‘q edi.
Gar ul so‘zda bor ersa dog‘i xilof,
Bilib ayladuk emdi xotirni sof»
6
.
Duo qildi Xoqonu so‘z boshladi,
So‘zin o‘z murodi sari toshladi.
Dedi: «K-ey, mute’ ahli olam sanga,
Jahongir bo‘lmoq musallam sanga,
Ne kishvarki
ochmoqqa urdung qadam,
Aning fathi xud bo‘lmadi bealam.
Qilib fathi tadbirida qiylu qol,
Ko‘ngulga kirib har zamon yuz xayol.
Bilursen o‘zung Mallu chog‘li kishi
Ki, nayrangu afsun edi varzishi.
Necha qildi ollingda kinu inod,
Ne tashvish ila bo‘ldi fath ul bilod.
Yeri
bor edi aylamak qatlu kin,
Ato qilding o‘g‘lig‘a toju nigin.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: