Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

LI 
 
HIKMAT 
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, savob royg‘a mujibi isobat ne bo‘lg‘ay va xatog‘a jihati 
za’f ne va javob eshitmak 
Yana so‘rdi Iskandari poktab’ 
«Ki, ey hikmatoyinu darroktab’, 
Bukim odami borcha insondurur, 
Bori ofarinishda yaksondurur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
291
Munga royi soyib Haq etti ato, 
Va lekin anga berdi royi xato. 
Yana ham bukim, royi soyib erur, 
Ishinda aning bu ajoyib erur 
Ki, chun pokroy o‘ldi beishtiboh, 
Va lekin xato ham qilur goh-goh. 
Kerakkim, bu bir bo‘lsa, ul bo‘lmasa, 
Ul o‘lsa, bu bir sori yo‘l bo‘lmasa». 
Taammul qilib dedi donishnavard: 
«Ki, ey borcha, shahlar arosida fard, 
Bukim xalq erur ofarinishda bir, 
Ne donishda birdur, ne binishda bir. 
Yerur Haq sifoti adaddin bari, 
Bular har biri bir sifat mazhari. 
Kerak har biri bo‘lsa bir fardzot, 
Nedinkim emas birdek iki sifot. 
Ne tong bo‘lsa bu birga fahmu xirad, 
Yana bir xiraddin esa bemadad. 
Xiradlig‘ning ar bo‘lsa royi durust, 
Kerak bo‘lsa albatta gah-gah sust. 
Nedinkim emas kimsa bir hol ila, 
Yerur har zamon o‘zga minvol ila. 
Yana ulki gar bo‘lsa tuz borcha roy, 
Xirad bo‘ldi, bas, kimsaga rahnamoy. 
Xirad g‘ayb ilmida a’modurur 
Ki, bilmaski, tongla kelur nedurur. 
Xiraddin erur g‘ayb ilmi yiroq, 
Yerur bexiraddin xirad yaxshiroq. 
Yana kimsaga borcha roy o‘lsa tuz, 
Xiradg‘a berur, bas, ajab fikr yuz 
Ki, Haq amrida bo‘ldi shirkat anga, 
Yemasdur munosib bu fikrat anga. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
292
Kamol ahlining royi gohi taboh, 
Yerur Haq kamolig‘a ravshan guvoh». 
Javobini shah topti chun dilpisand, 
Yana urmadi dam bo‘lub bahramand. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin