Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
306
Bo‘lub qursi xurshidi raxshon anga. 
Burun lutf behaddu poyon qilib, 
Ochuq yuz bila xulqu ehson qilib. 
Yuzin misli gulbargi xandon ochib, 
Yana ollida gul kibi xon ochib. 
Nechuk gulda gulbargi xandon to‘la, 
Bu xon ichra gul bargidek non to‘la. 
Chu mehmon uzotib qo‘lin xonig‘a, 
Qo‘yub mizbon minnatin jonig‘a. 
Ani toki to‘yg‘ormayin, to‘ymayin, 
Ilik chekmay ul, bu ilik qo‘ymayin. 
Agar bo‘lsa mehmoni shoh, ar gado, 
Qilib mizbonliq tariqin ado. 
Yo‘q ulkim shah ollida qo‘yg‘ay kuloch, 
Gadog‘a qurug‘ nonu yovg‘on umoch. 
Tafovut ko‘rar bo‘lsa xud bok yo‘q, 
Vale anga shahdu munga xok yo‘q. 
Gar ul sarvaru bu sarafkandadur, 
Vale ikisi Tengriga bandadur. 
Baso kuzpushtu parokanda hol, 
Bo‘yida chu bo‘lg‘ay ipi eski shol
2
Ki, bo‘lg‘ay ko‘ngul mulkining shohi ul, 
Nihoniy ko‘ngul rozi ogohi ul. 
Sipehri zabardast anga zerdast, 
Ko‘rub himmati charxi a’loni past 
Ki, gar shahg‘a fahm o‘lsa holi aning, 
Boshin aylagay poymoli aning. 
Kishi qilsa bo‘lg‘aymu tahqir ani 
Ki, Haq aylamish bo‘lsa tavqir ani. 
Bas, avlo bukim har qachon ahli roz, 
Ochib bazl uyin bo‘lsa mehmonnavoz. 
Chu el barcha suratda pinhon erur, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
307
Xirad oni anglarda nodon erur. 
Muvoso ko‘zin har taraf ochsa keng, 
Hamul ko‘z bila borchani ko‘rsa teng. 
Quyoshdekki ko‘rguzsa ruxsorini, 
Solur teng jahon uzra anvorini. 
Agar qasri zarrin erur, gar buzuq, 
Barobar qilur partavidin yoruq. 
Yo‘q ul sham’dekkim furuzandadur, 
Chu parvonag‘a yetti – so‘zandadur. 
Ne tong gar aning fe’li podoshiga, 
Yetar har zamon tig‘ aning boshig‘a. 
Bulutdek saxoliq kerak mizbon, 
Ki tengdur anga marz ila marzbon
3

Qachonkim sochar durri ehsonini, 
Jahon sho‘razoru gulistonini. 
Saxo yomg‘uri birla serob etar, 
Ne serob, g‘arqi duri nob etar. 
Yo‘q andoqki, yelkim erur xokro‘b, 
Qachon dasht aro bo‘lsa xoshokro‘b. 
Qilur yer yuzin xoru xasdin xalo, 
Tamomin chuqurlarg‘a aylar to‘lo. 
Bu af’olidin qilmish oni qadar, 
Sabuksoru sargashtau darbadar. 
Sangakim erur bazl qilmoqqa tav’, 
Muni anglakim ul erur necha nav’, 
Bir ulkim kishi bo‘lsa mehmon sanga, 
Qilib seli isrof tug‘yon sanga. 
Yo‘q oyini izzatfizolig‘ uchun 
Ki, shuhrat bila xudnamolig‘ uchun. 
Birov ollig‘a xon chu kelturgasen, 
Kishi bir, vale o‘n qo‘y o‘lturgasen, 
Payopay asopqurni aylab ravon, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin