Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
322
Chu gulzor uza abri nayson yog‘ib, 
Dema qatrakim, durri g‘alton yog‘ib. 
O‘tub bir-birindin chu boranda abr, 
Qilib na’ra, andoqki g‘urron hizabr. 
O‘vidin tushub bog‘ aro zilzila, 
Choqin shaklidin bo‘ynida silsila
4

Yog‘in qatrasin obi hayvon, degil, 
Aning torini rishtai jon, degil. 
Nazohatda gulshan nechukkim bihisht, 
Yeli borcha anfosi Isosirisht. 
Bu fasl ichrakim tong yeli jon berur, 
Bulut qatrasi obi hayvon berur. 
Chiqib sabza ravhi naboti bila, 
Qilur jilva topqon hayoti bila. 
Nishot etmagan ulcha imkoni bor, 
Gumon qilmag‘ilkim, aning joni bor. 
Bu chog‘ etmagan aysh bo‘ston aro, 
Jamodedurur shakli inson aro. 
Vale ermas ul aysh ham dilpazir, 
Ko‘ngul bir taraf gar emasdur asir. 
Ko‘ngul chunki bir gul uchun zordur, 
Ne tong, gar anga mayli gulzordur. 
Va gar vaslidin bo‘lsa osuda hol, 
Anga bog‘u gulshan tavofi halol. 
Skandarga chun ishq aro bo‘ldi kom, 
Tilab vasl gulshang‘a qildi xirom. 
LVIII
Bulbul hikoyatikim, aning gulbongidin zog‘ yolqib, balog‘at ahlig‘a gachcha hindu harza degondek 
ta’n qildi va aning fasih javobidin o‘zgacha so‘zin bildi 
Eshittimki, bir bog‘ aro gul chog‘i 
Ki, tez o‘ldi bulbul fig‘on qilmog‘i. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
323
Kelib sarzanish qildi bir zog‘ anga 
Kim, erdi nishiman hamul bog‘ anga. 
Dedi: «K-ey, jununshevai harzaroy, 
Nedur buki, har yil aro o‘n bir oy. 
Kezarsen chamanda hazinu xamo‘sh, 
Bir oydur sanga muncha jo‘shu xuro‘shg‘ 
Bir ishta darangu saboting qani, 
Chaman qushlaridin uyoting qanig‘» 
Dedi bulbul: «Yey ishqdin bexabar, 
Mening kuymagimdin sanga ne xabarg‘ 
Chu gul yo‘qturur o‘n bir oy bog‘ aro, 
Yerur ro‘zgorim seningdek qaro. 
g‘amu dard erur menda laylu nahor. 
Va lekin chu esti nasimi bahor 
Gul etti chiqib jilva oyin yana 
Tikib jaybig‘a nofai Chin yana. 
Chu gul qildi bu nav’ zebi jamol, 
Qachon qolg‘ay ul lahza bulbulg‘a holg‘! 
Chaman husni dinor, agar dongdur 
Ki, bechora bulbulg‘a gulbongdur. 
Chu ketti chamandin guli otashin, 
Ko‘mur birla naylay bo‘lub hamnishin. 
Seningkim namudoring o‘ldi jual, 
Hayotingg‘adur gul isidin xalal. 
Qachon anglag‘aysen mening holatim 
Ki, sendin yiroq yaxshiroq suhbatim». 
Chu bulbul ayon qildi bu dardu dog‘, 
Qarordi javobida afsurda zog‘. 
Demakka javob o‘lmadi saxtko‘sh 
Qish ayyomi bulbuldek o‘ldi xamo‘sh. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin