Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
317
Hamul sofu raxshanda ko‘zgu bila.
Bezab gulruxi johu iqbolni,
Yuzinda yasab zulf ila xolni.
Muqavvas qoshig‘a chekib vusma ham,
Qo‘yub xol ham, sindurub kesma ham.
Qilib huri jannatdek orosta,
Yeram bog‘ida sarvi navxosta.
Shahi
komron birla aqd aylagay,
Jahon ganji mahriga naqd aylagay
11
.
Nikohini aylar zamon Mushtari
Kim, ul charxning keldi sa’d axtari.
Bo‘lub charx Suqrotig‘a baxt yor,
Qilur chog‘da yaxshi nazar ixtiyor.
Tutub ilgiga ul suturlobni,
Topib charx vaz’idin asbobni.
Tutub mehr sayri uchun irtifo’,
Tushub suqbadin suqba sori shio’.
Shah
iqbol ila mayli roh aylagay,
Tarab nav’arusin nikoh aylagay
Ki, Doroyi davron qizi Ravshanak,
Kim, erdi jamol ichra mehri falak.
Vasiyat qilib erdi Doro nuhuft
Ki, bu shoh ila bo‘lg‘ay ul moh juft.
Jahongirlik
amrida mohu sol,
Yemas erdi shahg‘a majoli visol.
Yana shoh Mallu qizi Noz Mehr
Ki, mehr o‘yla, ko‘rmaydur erdi sipehr.
Shah andin dog‘i bor edi komsiz,
Vale xotiri erdi oromsiz.
Tilar erdi jashni azim aylamak,
Xaloyiqni g‘arqi naim aylamak.
Yorub
Ravshanakdin shabiston anga,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: