Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
318
Bo‘lub borcha olam guliston anga. 
Yana Noz Mehr o‘lg‘ay oromi ruh 
Ki, topqay muloqotidin kom ruh. 
Chu ko‘ngli pishurdi bu andeshani, 
Tilatti guruhi xiradpeshani. 
Alar birla bu nuktada urdi roy, 
Ul ishga bori bo‘ldilar rahnamoy. 
Ki, har kimgakim bo‘lsa toju sarir, 
Anga bir xalafdin emastur guzir. 
Chiqorda bu feruzagun mahddin, 
Yemas shoh forig‘ valiahddin. 
Quyoshkim qilur mayl mag‘ribqa, shom 
O‘ziga qilur oyni qoyim-maqom. 
Quyosh nuricha gar emas mohtob, 
Yerur ul yorug‘luqqa noyib-manob. 
Shajar chun qilur bog‘din intiqol, 
Agar o‘rnida bo‘lsa navras nihol. 
Bo‘lur oqibat bog‘ piroyasi, 
Berur naf’ ham meva, ham soyasi
12

Chu donishvar el qildilar ittifoq, 
Dedi shohkim: «Aylasunlar yaroq». 
Borib davlat arkoni shah komig‘a, 
Topib shug‘l ul ish saranjomig‘a. 
Necha kunda bori muhayyo bo‘lub 
Ki, Chin kishvari jannatoso bo‘lub. 
Bo‘lub oncha ziynatki charxi dani, 
Hisob aylamak bo‘lsa ming yil fani, 
Yuzidin biriga yeta olmag‘ay, 
Mingidin birin sharh eta olmag‘ay. 
Muhayyo bo‘lub har sifat xosta, 
Chu asbobi sur o‘ldi orosta. 
Ravon qildilar sur bunyodini, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
319
Berib ishratu ayshning dodini. 
Bahor erdiyu gul arusig‘a zeb, 
Arusona bulbulg‘a andin fireb. 
Gulu sabza ayyomida bo‘ldi to‘y, 
Bo‘lub gulshan oyin bila shahru ko‘y. 
Ayoqchi, ketur jomni lab-balab 
Ki, to‘y o‘ldi ayyomi ayshu tarab 
Ki, bu sur erur olamafro‘z ham, 
Xususan erur fasli navro‘z ham. 
Mug‘anniy tuzub chinga vaznida chang, 
Navo chekki hay-hay o‘lang, hoy o‘lang, 
Desang senki: jon qardoshim yor-yor! 
Men aytayki: munglug‘ boshim yor-yor! 
Navoiy, chu sarmanziling Chingadur, 
Surudung dog‘i sur aro chingadur
13

Ayolg‘ung necha yor-yor o‘lg‘usi, 
Mening yig‘larim zor-zor o‘lg‘usi. 
LVII
Yigitlik bahorining xushlug‘i va bahor yigitligining dilkashlig‘ida gul va bulbuldek barg va navo 
tuzmak va yuz barg va ming navo bila nag‘ma ko‘rguzmak va guliston atfoli sahob doyasidin sut 
o‘rnig‘a shirai joniy va suv o‘rnig‘a obi zindagoniy ichgonidin ruh naboti topqonin bayon qilmoq 
Jahon chorbog‘iki dilkashdurur, 
Yigitlik bahori bila xushdurur. 
Yigitlikda ham o‘tsa laylu nahor, 
Yerur ishrat ayyomi fasli bahor. 
Tirilg‘an zamon sabza, o‘lganda Hut, 
Ki «Subhona hayyil-lazi lo yamut». 
Hamal sabzazori sari oftob, 
Tana’um havosig‘a aylar shitob
1

Aningdekki ilgini Muso sunar, 
Qo‘zi tutqali yadi bayzo sunar. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin