www.ziyouz.com
kutubxonasi
334
Necha kunki maskan bo‘lub sohili.
Kema ul navohiyda nekim bilib
Borin o‘rdu ollinda hozir qilib.
Kema ichra gohi maqom aylabon,
Jazoyir bila gah xirom aylabon.
Tengiz qat’ etib fulki soyir bila,
Gahi qat’i vodiy jazoyir bila.
Savohilda fathi bilod aylabon,
Jazoyir diyorin kushod aylabon.
Bu yanglig‘ qilib qat’ hadsiz tengiz,
Yana tog‘ ila dasht andozasiz.
Hamul yergakim azm etib erdi shoh,
Qilib sa’y yetkurdi xaylu sipoh.
Madad aylabon lutfi bori anga,
Makon bo‘ldi Mag‘rib diyori anga.
Bu iqlimni ham yurub qildi fath,
Minib raxshi davlat, surub qildi fath.
Base shahri a’zamg‘a berdi kushod
Ki, Mag‘ribzamin keldi a’zam savod.
Hamul shahrlar shohi solib shane’,
Qabul aylabon mol bo‘ldi mute’.
Qilib shoh Mag‘rib zamin gashtini,
Biyik tog‘i birla ochug‘ dashtini.
Ne manzilg‘akim yetti bo‘lmay sabur,
Qilur erdi manzil-bamanzil ubur.
Ki, chun bo‘ldi manzuri bu marzu bum,
Nazar aylagay ul dam aqsoi Rum.
Va lekin bu iqlim aro ko‘p ajib,
Bo‘lur erdi har lahza ko‘rmak nasib.
Tabiat g‘aroyibqa qone’ bo‘lub
Ki, ul Rum azmig‘a mone’ bo‘lub.
Hamul jumladin bir bu erdiki shoh,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
335
Qilur chog‘da ul marzni jilvagoh.
Yetishti aningdek biyobon aro
Ki, havli solur erdi o‘t jon aro.
Tutub dashtni it kibi jonvar,
Vale borchag‘a mo‘r yanglig‘ suvar.
Ayog‘u ilik borcha andoqki mo‘r,
Vale sheri darroncha har birga zo‘r
10
.
Alar ichra har kimsakim surdi ot,
Anga mo‘rlar qildilar hamla bot.
Chu oshub ila hamla ko‘rguzdilar,
Ani bir-biridin ravon uzdilar.
Aningdekki, qolmay nishoni aning,
Yer ustida bir qatra qoni aning.
Chu bu yerga yetti shahi hushmand,
Dedi: «Surmasun kimsa ul yon samand».
Hamul yer elidin savol ayladi,
Bu ma’nida ko‘p qiylu qol ayladi.
Dedilarki: «Bir nav’ yerdur bu marz
Ki, solur tasavvur ani jong‘a larz.
Bu vodiy erur bir yig‘och ursa zo‘r
Ki, anda solur sho‘r bu nav’ mo‘r.
Bulardin nari vodiedur nazih,
Nazohatda bog‘i Eramdin fazih.
Guruhedurur anda oromgir
Ki, bu elga ul qavmdindur nafir.
Qayu qavm, Tengri balosi alar,
Jahon ganjining ajdahosi alar.
Qaviy haykal, andoqki, bir pora ko‘h,
Biriga harif o‘lmayin yuz guruh.
Qayu bir desang ul qadar zo‘r anga
Ki, bu jonvarlar kelib mo‘r anga.
Alarning tilin fahm qilmay kishi,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |