Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
351
Ki, xurshiddek olamoroy erur.
Debon Tengri sun’ig‘a
yuz ofarin
Ki, lutfi anga qildi nusrat qarin.
Dedikim: «Jamolig‘a yopsun niqob
Ki, qilmas tun oqshom tulu’ oftob.
Shabistong‘a turmay xirom aylasun,
Shah uyqusin anda harom aylasun».
Chu ul sham’ kirdi shabiston sari,
Hamul nav’kim sarv bo‘ston sari.
Tilab
shoh majlisoro rudu may,
Tuzub rasmu oyini Kovusu Kay.
Tarab sori azm ayladi kom ila,
Topib komi dil dam-badam jom ila.
Chu maydin anga garm bo‘ldi dimog‘,
Tarab birla boshig‘a chiqti ayog‘.
Talab qildi tutqunni majlis aro,
Ki, surgay aning birla bir mojaro.
Kiyurdilar ul nav’kim ahraman,
Shukuh oldilar shaklidin anjuman.
Salosil aro mahkam a’zo anga,
Kishidin yetishmay muvoso anga.
Ko‘rub shoh andoq giriftor ani,
Iki pilcha zo‘r ila zor ani.
Dedi, oldilar bandin a’zosidin,
Ko‘ngul forig‘ etti aning posidin.
Chu
band oldilar ehtirom ayladi,
Sarir o‘trusida maqom ayladi.
Burun dedi kelturdilar ko‘p taom
Ki, mehmonga yetti g‘izo birla kom.
Yana berdilar jilva jomi shigarf,
To‘la maydin, andoqki, daryoyi jarf.
Chu bir jomni mehmon qildi no‘sh,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: