Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
367
Ki, bu mulk aro qolmasun rishtatob
Ki,
Tengriga ul dam tavakkal qilay,
Alar fikrin aylay, nechukkim bilay».
Alar chiqtilar mulkdin xonako‘ch,
Vale qilmadi shohi farzona ko‘ch.
Dedi, davrig‘a qozdilar har fariq,
Ochuq xandaq, ammo bag‘oyat amiq.
Kishilar yibordiki,
har marzu bum,
Farang o‘lsunu Rus, yo Shomu Rum.
Nekim bo‘lsa me’mori chobukxayol,
Yana dog‘i ustodi nozukxayol.
Yana korgarlar, bori charbdast,
Balo raxnasin qilg‘udek sangbast.
Misu ro‘yu qal’i, birinju temur,
Yana qo‘rg‘oshun birla tolu ko‘mur.
Qilib
necha yuz ming teva uzra soz,
Yana necha ustodi ohangudoz.
Muhayyo qilib ehtimom aylabon,
Borin jahd ila tezgom aylabon.
Yeturgaylar ul yerga borini bot,
Bori butti shoh aylagach iltifot.
Chu nekim keraklik edi, bo‘ldi rost,
Aningdekki doroi davrong‘a xost.
Anga tegru har kun o‘zi otlanib,
Hamul tog‘ domonasin aylanib.
Solib
iki ming sangburi bedarang,
Kamar uzra kesmak uchun taxta sang.
Bori zo‘rdast ichra po‘loddek,
Qotig‘ xora kesmakda Farhoddek.
Alar xorani bemadoro kesib,
Madorosiz ul tog‘da xoro kesib.
Yig‘ib oncha asbob bog‘larg‘a sad
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: