Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
372
Jahonofaring‘a shah etti sujud. 
Bu holatda ul xayli muhliksitez, 
Solib dashtu vodiy aro rustaxez. 
Yetishtilar andoqki, ma’hud edi, 
Burung‘icha un-shayn mavjud edi. 
Balo raxnasin toptilar, o‘yla rust 
Ki, tish birla tirnog‘lari bo‘ldi sust. 
Dedi shohkim: «Sangboron qiling, 
Balo xaylig‘a toshni parron qiling!» 
Aningdek alar boshig‘a yog‘di tosh 
Kim, ul toshdek tushti tuproqqa bosh. 
Chu yo‘q erdi g‘avg‘olaridin asig‘, 
Bo‘lub qatl toshidin andeshalig‘. 
Yonib bir-birisiga aylondilar, 
Chu sud etmadi jahdu jidd – yondilar. 
Yer ahlig‘a har zulmkim surdilar, 
Falakdin borig‘a evaz ko‘rdilar. 
Bu bedodkim aylab ul qavm fosh, 
Ne tong osmondin agar yog‘sa toshg‘ 
Necha qatla mundoq topib go‘shmol, 
Yana ul taraf boqmog‘ etmay xayol. 
Bu oyin ila chun shahi purxirad 
Ki, ya’juj daf’i uchun chekti sad. 
Qilib xotirin jam’, qildi xirom, 
Sipah birla yod aylab asli maqom. 
Necha kun chu qat’ ayladi marzu bum, 
Yana bo‘ldi manzilgahi taxti Rum. 
Ketur soqiy, ul jomi taqvishikan 
Ki, ko‘nglumga tushmish havoi vatan. 
Tilarmen kezib rub’i atlolni, 
Desam ranji g‘urbatdagi holni. 
Mug‘anniy, chu toptim maqomimda kom, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
373
Tuzat kom ila sen dog‘i bir maqom. 
Qilib fahm ul ohangning rangini, 
Yana tark etay sayr ohangini. 
Navoiy, vatan bo‘ldi manzil manga, 
Bu manzildin ammo ne hosil manga 
Ki, har kimki bor erdi yoru qarin, 
Bo‘lubtur adam sori g‘urbatguzin. 
LXIX
Yeldek sayr aro sabukborlig‘ nafyin qilmoq va tog‘dek sukun aro boviqorliq amrin buyurmoq va ashob 
suhbatinkim bir-bir ishlari borurg‘a shitobdurur g‘animat bilmak va ahbob muloqotinkim, har biri bir 
gavhari noyobdurur, mug‘tanam tutmoq va adam g‘aribistonidin shammae yod etmak va vujud 
sarmanzilin xushluq bila o‘tkarurni vasiyat qilmoq 
Chu oxir bo‘lurbiz adam, ey rafiq, 
g‘animat tutoli bu dam, ey rafiq! 
Bu bir damki, xushvaqtlig‘ berdi dast, 
Tarab jomidin aylagil o‘zni mast. 
Chu bu damni charx o‘tkarur ham, bu dam 
Damo-dam may ichkim, erur dam — bu dam. 
Ko‘rub umr tarixi mubhamlig‘in, 
g‘animat bil ashob hamdamlig‘in. 
Vatan tarkini bir nafas aylama, 
Yana ranji g‘urbat havas aylama. 
Safar mehnati jovidonidurur, 
Nedinkim saqardin nishonedurur. 
Safarg‘a nedur har dam etmak havas, 
Sanga ul safarkim bor ollingda, bas. 
Necha bo‘lsa xayling aro ko‘su pil, 
Choling‘usi pil uzra ko‘si rahil. 
Necha sayr tashvishidin qonmog‘ung 
Ki, borg‘ungdur ul nav’kim, yonmog‘ung. 
Yerur bir yo‘l ollingda behad qatig‘, 
Mayi hajri ahbobning bas achig‘. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin