Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
365
Va gar xud tishisi, va gar erkagi.
Hamul tog‘ undur, aningdekki, vahm
Qila olmoyin ko‘ktin avjini fahm.
Iki
yuz anga sofu yilmon qayo,
Nima butmay andin nechukkim iyo.
Iki yonikim hech topmay gusil,
Bo‘lub Qof atrofig‘a muttasil.
Bu mobayn alarning tarabxonasi,
Bu tog‘ o‘ylakim Qof domonasi.
Vale davrakim bo‘yla ko‘rguzdi Qof,
Topib nasx qofi kibi har shikof.
Bo‘lub
fosil ul toqqa bir dara,
Ubur etgali ul guruhi shara.
Alar yilda solib iki qatla sho‘r,
Chiqib tog‘ shikofidin andoqki mo‘r.
Bizing shahru vodiy sori yoyilib,
Ne bedodkim mumkin o‘lg‘ay, qilib.
Kelur chog‘ alar, biz firor aylabon,
Vatandin jalo ixtiyor aylabon.
Borimizg‘a ul nav’ bechoraliq,
Solib tog‘u vodiyda ovoraliq.
Nekim topib
ul qavm talon etib,
Bori shahru kishvarni vayron etib.
Kishi topsalar aylab oni halok,
Taloshib yemakka etin zavqnok.
Mavoshini elturga yaksar surub,
Vatangahlarig‘a degin yetkurub.
Zaxira yemakdinki mavjud o‘lub,
Alar zulmidin barcha nobud o‘lub.
Yemak birla xud mutlaqo to‘ymayin
Va gar to‘ysa ham donae qo‘ymayin
Borin
aylabon naql bungohqa;
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: