1. «Prinsipal» va «agent» o`zaro munosabatlari muammosi
Ish beruvchida o`zining vijdonliligi to`g`risida shubha uyg`otmagan holda, u qanday sekin ishlashi mumkinligini aniqlash uchun o`z vaqtining katta qismini yo`qotmagan bilimdon xodimni topish amri mahol.
Tashkilot o`lchamlarining o`sishi soni ortgan «agentlar» harakati ustidan nazorat qilish uchun talab etiladigan «prinsipal» xarajatlarining oshishini belgilab beradi. «Agent»ni nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni istamaslik o`rtasidagi tanlovdan iborat bo`lgan «prinsipal» dilemmasini o`yinlar nazariyasidan quyidagi model yordamida ko`rsatamiz.
«Prinsipal-agent» muammosi hal etilishi muqobil modellardagi tashkilotning ichki tuzilishi asosida yotadi. Firma ichki tuzilishining quyidagi to`rtta varianti keng tarqalgan:
o unitar (U-tuzilma),
o xolding (X-tuzilma),
o multidivizional (M-tuzilma)
o aralash (A-tuzilma).
Korxona – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladigan xo‘jalik tashkiloti.
Xususiy firma – yakka shaxs mulki asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan firma.
Buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning ko‘p sonli asarlarida uning iqtisodiy qarashlari o‘z aksini topgan. U iqtisodiy faoliyat — mehnat, bunyodkorlik, yaratuvchanlik asosida odamning ehtiyojini qondirishga bo‘lgan intilishi yotadi, deb hisoblagan.
U o‘zining asarlarida jismoniy mehnat bilan bir paytda aqliy mehnat ham muhim ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha ish haqi mehnatning og‘irligiga va unumdorligiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Olimning asarlaridan mehnat taqsimotiga oid fikrlar ham joy olgan. Olim o‘sha davrdayoq iqtisodiyot sohasidagi inson omilining ahamiyati haqida qimmatli fikrlarni bildirgan.