Sherikchilik firmasi – ikki va undan ortiq shaxslarning (odam yoki korxonalarning) mablag‘lari asosida tashkil qilingan va ma’lum kelishuv shartlari asosida egalik qilinadigan, boshqariladigan va faoliyat natijasiga javob beriladigan firma.
Firmaning nizom jamg‘armasi — firma faoliyatini yuritish uchun uning tashkilotchilari tomonidan qo‘shiladigan hissa — mol-mulk va mablag‘.
Tadbirkorlik faoliyati bilan firma ochmasdan turib ham shug‘ullanish mumkin. Buning uchun “Yakka tartibdagi xususiy tadbirkor” degan maqomni olish va belgilangan tartibda soliqlarni to‘lab turish kifoya.
Mamlakat iqtisodiyotida boshqa turdagi firmalar ham bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqib firma turlari takomillashib, iqtisodiyotga moslashib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra mamlaka timizda 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 323 mingtani tashkil qiladi.