Mavzu: asr form elektroniks firmasi haqida



Yüklə 0,52 Mb.
tarix04.10.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#64513
Hisobot


Mavzu: ASR FORM ELEKTRONIKS firmasi haqida
Firma (inglizcha: firm — imzo) — korxona, kompaniya, xoʻjalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va boshqalarga koʻra xilma-xil Firmalar bor. Firmalarda band boʻlgan xodimlar soni 2—3 kishidan 20—30 ming kishigacha boʻlishi mumkin. Firmalar barcha mulk turlari negizida davlat, kooperativ, shirkat, jamoa tashkilotlari va maxalliy davlat idoralari, milliy va chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etiladi. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: affilirlangan (qoʻshilgan) Firma — filial, shoʻʼba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat yuritadi; broker Firma — tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan va mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadi; venchur Firma — kichik yoki oʻrta investitsion Firma hisoblanib, i.t.lar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi; investitsion Firma — investitsiyalash va qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻtkazadi; injiniring Firma muhandislikmaslahat koʻrsatishga ixtisoslashadi; innovatsion Firma — Firmaning i.t. ishlari natijalari bazasida yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladi; konsalting Firma — uning faoliyat sohasini maslahat xizmatlari koʻrsatish tashkil etadi; ishlab chiqarish Firmasi — aniq bir mahsulotni tayyorlash bilan shugullanadi; savdo Firmasi — savdovositachilik faoliyati bilan shugʻullanadi; rieltor Firma — koʻchmas mulk sohasidagi amallarda qatnashadi.
Hozirgi iqtisodiy hayotda Firmalarning asosiy qismi nisbatan kichik va mayda. Yirik Firmalar nisbatan mustahkam ishlab chiqarish, texnologik va xom ashyo bazasiga ega boʻlib, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etadi, oʻrtacha Firmalar kooperatsiyalangan hamda ixtisoslashgan qismlar va detallar ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, umumiy texnologik va texnik infratuzilma sohasida faoliyat koʻrsatadi. Mayda Firmalar, asosan, tovarlar ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatish bilan shugullanadi. Bizning firmamiz 2012-yil 1-oktabr asos solingan. 10 yildan buyon tashqi reklama sohasida faoliyat olib bormoqda. Bu vaqt ichida kompaniyamiz ko'pgina yutuqlarga erishdi. Asosiysi, tashqi reklama sohasida juda katta tajriba ortirdi. Hozirga kunga kelib, biz siz va sizning biznesingiz uchun o'zingiz xohlagan ko'rinishdagi, bozorda o'zingizni tanitishingiz uchun yetarli darajadagi reklama mahsulotlarini tayyorlab beramiz.
Tashqi reklama borasida bizning kompaniyamizga to'laligicha suyanishingiz mumkin. Chunki, bizning kompaniya o'z ishini puxta egallagan mutaxassis hodimlardan tashkil topgan. Shu kunga qadar mamlakatimizdagi bir nechta yetakchi korxonalar bilan ish olib borib, ularning ishonchini oqladik. shlab chiqarish texnikasi inson mehnatini yengillashtiradigan va mehnat unumdorligini ko‘p marotaba oshirishga imkon beradigan mehnat qurollaridir. Texnikaning avvalgi mehnat qurollaridan asosiy farqi — uning ishlab chiqarishda inson qo‘l mehnatini keskin kamaytirishi yoki unga umuman o‘rin qoldirmasligidir. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Motiga, omoch, plug, charxpalak, urchuq, charx, to‘quvchilik dastgohlari, shamol tegirmoni va boshqalar odam qo‘l mehnatini eng ko‘p darajada yengillashtirishga imkon beradigan texnikani yaratish yo‘lidagi dastlabki ixtirolar bo‘ldi. Sanoat xo‘jalikning texnika yordamida xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan sohasidir. Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining qo‘llanishi XVIII asrga kelib dastlab Angliyada yuz berdi. Bunga qanday omillar  sabab bo‘ldi? Bu davrda Angliyada ishlab chiqarish tez suratlar bilan rivojlandi. U yirik harbiy dengiz va savdo flotiga ega edi. Bu hol unga chet ellarga katta miqdorlarda tovarlar chiqarib sotish imkonini berdi. Angliya sarmoyadorlari chet ellarga yanada ko‘proq, birinchi navbatda eng xaridorgir to‘qimachilik sanoat mahsulotlarini olib chiqib sotish va undan katta boylik orttirishga intildilar. Ayni paytda, Angliya o‘zi bosib olgan o‘lkalar hisobiga ulkan xomashyo manbalariga ham ega bo‘lib oldi. Buning natijasida Angliya sarmoyadorlarining boyliklari tobora ortib bordi. Bora-bora ularning qo‘lida ko‘plab ist’emol tovarlari ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan fabrikalar qurish va ularda ilg‘or texnika yutuqlaridan foydalanish imkonini beradigan darajada pul mablag‘i to‘plandi. Shu tariqa, Angliyada ishlab chiqarish texnikalari (mashinalar) ixtiro qilish davr talabiga aylandi. Angliyada ishlab chiqarish texnikasidagi ixtirolar dastlab to‘qimachilik sohasida boshlandi. Bunga sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi sabab bo‘ldi. Bu talabni faqat ishlab chiqarish texnikasi (mashinalar) yordamidagina qondirish mumkin edi. Dastlabki ixtiro XVIII asrda amalga oshirildi. Chunonchi, 1733-yilda mexanik va to‘quvchi Jon Key to‘quv dastgohini ixtiro qildi. Bu ixtirogacha to‘quvchi o‘rmakni g‘altak iplari orasidan o‘zi o‘tkazib turishga majbur bo‘layotgan edi. Ixtirodan so‘ng esa to‘quvchi bu ishni oyoq qurilmasini bosib turish orqali bajaradigan bo‘ldi. Shu tariqa, Jon Keyning ixtirosi mehnat unumdorligini ikki marta oshirishga imkon berdi. Bu davrda Angliyada yigirilgan ipga ham talab oshib bordi. Bu esa, o‘z navbatida, Jeyms Xargrivs tomonidan bir vaqtning o‘zida 15–18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qilinishiga olib keldi. U o‘z ixtirosini qizining nomi bilan «Jenni» deb atadi. Endi fabrika egalari uchun yigirilgan iplardan mato to‘quvchi texnika ham kerak edi. Bu muammoni Edmund Kartrayt hal etdi. U mexanik to‘quv texnikasini ixtiro qildi. Bu texnika to‘quvchining mehnat unumdorligini 40 baravar oshirdi. Fabrika ishlab chiqarishning yanada unumliroq bo‘lishi uchun faqat suv bor joyda emas, istagan joyda ishlatish mumkin bo‘lgan texnika kerak edi. Tez orada bunday texnikani angliyalik Jeyms Uatt ixtiro qildi. Bu – birinchi dvigatel (motor), ya’ni harakatga keltiruvchi texnika edi. Hozirgi zamon yengil avtomobili dvigateli (motori)ni ko‘z oldingizga keltiring. Dvigatel o‘t oldirilgach benzin yoki gaz bilan harakatga keladi. Jeyms Uatt yashagan davrda benzin yoki gazdan foydalanish hali kashf etilmagan edi. Shuning uchun dastlabki dvigatel bug‘ bilan harakatga keltirildi va u bug‘ mashinasi deb ataldi. Bug‘ suvni qaynatish yo‘li bilan hosil qilindi. Ip yigiruvchi va mato to‘quvchi texnikalar shu bug‘ mashinasi bilan harakatga keltirildi. Bu hodisa o‘sha davr uchun katta muvaffaqiyat edi. Bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi keyinchalik transport texnikalari uchun ham dvigatel yaratilishiga turtki bo‘ldi. XVIII asrda amalga oshirilgan bu kabi ixtirolar Angliyani dunyoning eng rivojlangan davlatiga aylanishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiyot rivojlanishi uning ijtimoiy va hududiy tashkil etilishi bilan bog’liq. Ishlab chiqarishning bunday shakllari esa muayyan bir jarayonning ikki tomoni bo’lib, u mohiyatan ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimoti xusussiyatlaridan kelib chiqadi. Ijtimoiy tashkil etish shakllari mujassamlashuv, ixtisoslashuv, hamkorlik va kombinatlashuvdan iborat. Bular ham o’zaro aloqadorlikda rivojlanib boradi va ko’pincha birgalikda sodir bo’ladi. Ularning asta-sekin takomillashib borishi, bir-birlari bilan uyg’unlashuvi fan-texnika taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishi bilan hamkorlikda yuz beradi. Mujassamlashuv va ixtisoslashuv ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning nisbatan oddiyroq shakllari hisoblanadi. Biroq, ayni ana shu shakllarning o’zgarib borishi qolgan shakllar, ishlab chiqarish rivojlanish xususiyatlarga katta ta’sir etadi. Mujassamlashuv, eng avvalo, korxona yoki boshqa ishlab chiqarish ob’yektlarining katta-kichikligini anglatadi. Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to’planishi, yig’ilishi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga tegishlidir. Ammo geografik jihatdan u eng avvalo sanoat, qishloq xo’jaligi va transport, ya’ni moddiy sohalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Qolaversa, iqtisodiy geografiya fanining ob’yektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, ularning joylashish xususiyatlari belgilab beradi. Mujassamlashuvning ijtimoiy tomoni xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo`ladi. Mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq ko`rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning turli korxonalarda yig`ilishi, to`planishi, sof holdagi ishlab chiqarish yoki korxona mujassamlashuvi, ularning shaharlar va iqtisodiy rayonlar joylashuvini esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko`rsatish mumkin. Mujassamlashuvning bu shakllari bir-biriga o`tib turadi va turli rayon yoki mamlakatlarda har xil birikmada bo`ladi. Masalan, shaharning markazlashuv darajasi ma’lum bir bosqichga yetgandan keyin o`ziga xos vaziyat vujudga keladi, ya’ni endi mazkur shaharda qo`shimcha korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, transport muammolari keskinlashadi, qurish uchun yer maydoni ham yetishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvini ham “istamaydi”. Demak, yirik shaharda ham emas, uzoqda ham emas shaharning ichki imkoniyati yo`q, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Natijada yangi korxona yoki ilmiy tekshirish muassasalari, oliy o`quv yurtlari yirik shaharning ta’sir doirasida o`rnashadi- shahar aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga keladi. Misol qilib, Toshkent atrofida joylashgan go`sht kombinati, O`rtaovul shaharchasida ToshIES, Toshkent Agrar Universiteti Yalang`och manzilgohida, Yadro fizikasi instituti Ulug`bek shaharchasida, alkogolsiz ichimliklar kombinati Qibrayda ko`rsatish mumkin. Toshkent aholisi ehtiyoji va xo`jaligi uchun zarur bo`lgan bu korxonalarni poytaxtda qurishning iloji yo`q. lekin ular iste’molchi, sanoat, ilm-fan markaziga yaqin bo`lmog’i, zamonaviy infrastruktura tizimiga ega bo`lish lozim. Bundan yana bir xulosa, ya’ni ishlab chiqarish mujassamlashuvi bilan shahar rivojlanishi o`rtasidagi munosabat kelib chiqadi. Dastlab shaharning vujudga kelishi va ulg`ayishida ishlab chiqarishni joylashtirish yetakchi rol o`ynaydi, keyinchalik esa shaharning o`zi ishlab chiqarishning hududiy va mujassamlashuv omiliga aylanadi. Turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiramiz. Masalan, O`zbekiston sanoat mahsulotining yarmidan ko`pini har birida 2000 dan ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar ishlab chiqaradi, deb faraz qilaylik. Bu ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvidir. Toshkent shahrida mavjud korxonalar O`zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotining taxminan 17-20 foizini beradi- bu urbanistik mujassamlashuv bo`ladi. Agar Farg`ona vodiysini Respublikamizning asosiy pilla yoki meva maskani, neft mahsulotlari yoki o`simlik yog`i chiqaruvchi rayoni sifatida ko`rsak, u holda hududiy mujassamlashuvni nazarda tutgan bo`lamiz. Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni paytda ma’lum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu yerda umumiy maxraj bo`lib shahar, viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi, hissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg`ona vodiysida O`zbekiston Respublikasi aholisining 27 foizi joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko`rsatkichi shu raqamdan qancha yuqori bo`lsa, u holda mazkur ishlab chiqarish tarmog`i vodiyda rivojlangan, mujassamlangan bo’ladi. Yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa o’ta yirik korxonalarni barpo etish hamma vaqt ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday hollarda xom ashyo va tayyor mahsulotni transportda tashish xarajatlari ko’payadi, ishchi kuchi yetishmaydi va eng muhimi-ekologik muvozanat buziladi. Mujassamlashuv ob’yektiv qonuniyat, biroq u barcha mamlakatlarga xos va iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lsada, uning ma’lum chegarasi, ko’lami, doirasi bo’lishi shart. Markazlashuv mujassamlashuvning bir ko’rinishidir. Bu yerda ishlab chiqarish korxonalari yoki boshqa tashkilotlar va sohalarni asosan birgina shaharda joylashuvi tushuniladi. Ayni paytda mamlakat yoki xo’jalik boshqaruvining bunday tizimi yakka hokimlik-monopolizatsiyaga olib kelishi turgan gap, bu esa maqsadga nomuvofiqdir.Ta’kidlash joizki, o’tish davri iqtisodiyotida barcha sohalarning kichik bo’lgani ma’qulroq. Chunki, ular harakatchan, mabodo kasod bo’lganda, inqirozga uchraganda, tez va oson ixtisoslashtirilishi mumkin. Bunday ixcham korxonalarni boshqarish ham qiyin emas. Ammo, kichik korxonalar asosan mahalliy bozorni to’yintiradi va shu jihatdan ularning raqobatbardoshligi, eksport salohiyati o’ta past. Qolaversa, xo’jalikning, jumladan sanoatning barcha tarmoqlarida ham masalan, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlarida mayda hajmdagi sanoat korxonalarini qurib bo’lmaydi. O’z navbatida to’g’ri tashkil etilgan yirik korxonalar mintaqa va milliy iqtisodiyotning tayanchi, mamlakat qudratini, uning jahon bozorida qatnashuvini ta’minlaydi. Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo’lib, u mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan chambarchas bog’liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi deganda korxona, shahar yoki rayon miqyosidagi ixtisoslashuv tushuniladi. Ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O’z navbatida ixtisoslashuv shu korxona va rayonlarning mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi. Ixtisoslashuvning uch turi-bu qism, texnologik yoki yarim mahsulot va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday ko’rinishlari bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo’jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional turlari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi transport iqtisodiy aloqalarini taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste’moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi. Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zarur. Muhimi-mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa rayonlarga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu tarmoq mazkur joy uchun ixtisoslashgan soha bo’lmasligi mumkin. Masalan, Respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog’-kon, tabiiy gaz sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak gazlamasi, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish biroz mushkulroq, sababi bu mahsulotlar O’zbekistonda hozircha yetarli ishlab chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to’la qondirganicha yo’q. Rayon yoki viloyat, jamoa xo’jaligida, respublikada ishlab chiqilgan mahsulot shu yerning o’zida batamom iste’mol qilinsa yoki aksincha, ushbu mahsulot mahalliy sharoit ehtiyojini qondirmay, balki chetga chiqarilsa, har ikkala holda ham to’laqonli ixtisoslashuv bo’lishi mumkin emas. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Markaziy iqtisodiy rayonida Belorussiyadan ko’proq kartoshka yoki Boltiqbo’yi respublikalariga ko’ra ko’proq sut ishlab chiqariladi. Ammo na kartoshka va na sut Rossiyaning markaziy rayoni uchun ixtisoslashgan tarmoq hisoblanmaydi, zero bu mahsulotlarning hammasi o’z joyida iste’mol qilinadi, chunki rayonning o’zida 30 mln dan ziyod aholi yashaydi. Ayni paytda kartoshka Belorussiya Respublikasi uchun, sut Boltiqbo’yi mamlakatlariga ixtisoslashgan tarmoq bo’lib xizmat qiladi.
Ixtisoslashuv albatta, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas, u barcha ijtimoiy jabhalarga ham molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar o’qituvchi, boshqalari agronom, muhandis, tabobatchi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. Chunki bu oliygohlar shunday xodimlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Mintaqa va mamlakatlarning u yoki va bu mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi, eng avvalo ulardagi mutloq va nisbiy afzalliklarga bog’liq,(A.Smidt, D.Rikkardo) bu yerda yaratilgan mahsulot uni boshqa joyda yetishtirishga ko’ra arzonroq, kam xarajatliroq bo’lishi kerak. Odatda, har bir mamlakat yoki uning alohida qismlari o’zidagi qulay va arzon omillardan foydalanib, qiyin va qimmat omil nahsulotlarini chetdan olib keladi. Bunday qonuniyatni dastlab shved iqtisodchilari XX asrning 30-yillarida E. Xeksher va B.Olinlar asoslab berishgan. Hozirgi fan-texnika taraqqiyotidan foydalanib yangi mahsulot turlari paydo bo’lmoqda yoki ular zamonaviy texnologiyalar asosida arzon va oson yo’llar bilan ishlab chiqarilmoqda. Bunday innovatsiyalarning ‘hayot sikli”-vujudga kelishi va ‘so’nishi” bilan belgilanadi. Shunga o’xshash yangiliklarning tarqalishi yoki diffuziya qonuni iqtisodiyot nazariyasida Yozef Shumpeter va sved. Xagerstrand tomonlaridan asoslangan. Kooperatsiya pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo’lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada hududiy birlik, barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o’rinlashuvi uncha sezilmaydi va aksincha ularning tarqoq holda joylashuvi kuzatiladi. Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni ishlab chiqariladigan mahsulotning murakkabligiga bog’liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko’p ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvada yengil avtomobil yoki Lixachyov nomli zavod, Tolyattidagi Volga avtomobil zavodi, Asakadagi “UzDEU” korxonalari va shunga o’xshashlar yuzlab korxonalar bilan hamkorlik qiladi. Modomiki asosiy yakunlovchi yoki yig’uvchi bosh korxona ko’p joydan asbob-uskunalar, detall va jihozlar olar ekan, u transport geografik jihatdan qulay nuqtada o’rinlashuvi zarur. Kombinatsiya yoki kombinatlash kooperatsiyaga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu yerda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi, texnologik va tashkiliy birligi tushuniladi. Shu sababli kombinatsiyada kooperatsiyadan farqli o’laroq, hududiylik xususiyati ko’proq namoyon bo’ladi. Binobarin, unda mujassamlashuv yaqqol ko’zga tashlanadi, sababi-ko’p hollarda kombinatlashuv muayyan xom ashyoni birgalikda , atroflicha qayta ishlash bilan bog’liq. Bu ikki, yuzaki qaragandabir-biriga o’xshash tushuncha o’rtasida boshqa farqlar ham bor. Kooperatsiyada natija, maqsad pirovard mahsulot bir bo’lsa, kombinatsiyada aksincha, ya’ni xom ashyo bir bo’lib, undan olingan mahsulot turlichadir. Demak, kombinatlashuv ma’lum bir turdagi xom ashyoni chuqur texnologik qayta ishlash, uning chiqindilaridan to’la foydalangan holda barcha mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. Xuddi shu ma’noda kombinatsiya”to’ntarilagan” kooperatsiyadir. Kombinatsiya bir geografik nuqtada, hatto korxonalar birlashmasi doirasida kattaroq joy yoki rayonda ham bo’lishi mumkin. Xalq xo’jaligi tarmoqlari orasida esa u ayniqsa qora va rangli metallurgiya, kimyo, o’rmon, oziq-ovqat, yengil va qurilish sanoatiga tegishlidir. Sanoatda kombinatlar bir necha texnologik jihatdan bog’liq bo’lgan zavod yoki sexlardan tashkil topgan bo’ladi. Masalan, qora metallurgiya kombinatlari, aniqrog’i to’la siklli kombinatlar cho’yan, po’lat va prokat ishlab chiqaruvchi zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo’lmasa, u holda kombinat to’liq siklga ega emas.To’qimachilik kombinatlari yigiruv, bo’yoqlash, tayyorlash sexlaridan iborat. Xom ashyo bitta-paxta tolasi yoki pilla mahsuloti. Go’sht kombinatida ham yagona xam ashyo asosida bir necha mahsulot: go’sht, konserva, kolbasa kabi boshqa go’sht mahsulotlari olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan qishloq xo’jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan so’ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi.O’rmon, sement shifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, Markazlashgan issiqlik elektr stansiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par beradi. Shunday qilib kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko’pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozlikda “ kombinat” so’zini uchratmaymiz, ammo mahiyatan bu yerda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda keng iste’mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkenddagi Ckalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba’zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi va shunga o’xshash turli xil xalq iste’mol mollarini ham ishlab chiqaradi. Umuman olganda, ishlab chiqarishning barcha ijtimoiy shakllari o’zaro bog’liq. Jumladan, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo’ginlari ham u yoki bu ko’rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq, bu yerda ularning bir joyda to’planganligi, yig’ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo’lishi lozim, aks holda tom ma’nodagi mujassamlashuv bo’lmaydi. So’nggi yillarda ixtisoslashuv- uning detall va texnologik ixtisoslashuv shakli qisqarib borish holatlari kuzatilmoqda. Ayni vaqtda tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ya’ni predmet ixtisoslashuvi keng rivojlanadi, ayniqsa, detall va texnologik ixtisoslashuv kooperatsiya va kombinatlashuvda ko’proq ishtirok etadi. Bunday vaziyat qisman o’tish davrining o’ziga xos qiyinchiliklaridan ham kelib chiqadi. Ixtisoslashuv ishlab chiqarish jarayonini ajratadi, yakkalaydi, kooperatsiya esa uni umumiylashtiradi, kombinatlashuv birlashtiradi. Ularning barchasi ayni vaqtda u yoki bu darajadagi korxonada tashkil etiladi, mujassamlanadi. Masalan, har qanday kombinat yuqori darajadagi mujassamlashuv, yirik korxina demakdir. Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Eng muhimi, shundaki, korxonalarning katta-kichikligi, ularning ixtisoslashuvi va o’zaro uyg’unlashuvi endi ko’p jihatdan davlatga, yagona markaz va rejalashtirishga bog’liq emas. Korxonalar, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar bir-birlari bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa, sheriklik qiladilar. Davlatning vazifasi esa bu jarayonni turli mexanizmlar orqali tartibga solish va boshqarib borishdan iborat bo’ladi. O'zbekistondada qurilish uskunalari, texnikasi - sotish, ishlab chiqarish, ta’mirlash bo’limining so’rov ma'lumoti keltirilgan sahifadan iborat. Bu katalog sizga ularning manzil va telefonlari, joylashuvi va kontaktlari, hamda bo’shqa kerakli ma’lumotlarni topishingizga yo’rdam beradi. Ma’lumotnomamizni qo’llaganizda siz doimo qisqa fursat ichida qurilish uskunalari, texnikasi - sotish, ishlab chiqarish, ta’mirlash bo’limiga oid bo’lgan kerakli ma’lumotlarni olishigiz mumkin, ularga yetib olish uchun yordam beruvchi mo’ljallar ham shu jumladan. Katalog ma’lumotlari doimiy ravishda qurilish uskunalari, texnikasi - sotish, ishlab chiqarish, ta’mirlash bo’limiga oid yangi ma’lumotlar yoki ularning ma’lumotidagi o’zgarishlari bilan yangilanib va to’ldirilib bo’riladi. Shu qatorda Yellowpages.uz mutaxassislari olingan ma’lumotlarning aniqligini iloji bo’richa tekshirishadi. Shu sababdan katalogimiz O'zbekistondada qurilish uskunalari, texnikasi - sotish, ishlab chiqarish, ta’mirlash bo’limi ma’lumotlarini umumiy ro’yhatga kiritilish paytiga aniq deb kafolat beradi.
Shunga qaramasdan, agar O'zbekistonda mintaqasida «Qurilish uskunalari, texnikasi - sotish, ishlab chiqarish, ta’mirlash» turkumida no’tog’ri yoki eskirgan ma’lumotni uchratib qo’lib, bizning (info@yellowpages.uz) electron manzilimizga xat o’rqali axborot bersangiz sizdan bag’oyatda minnatdor bo’lamiz. Xat mavzusida «saytdagi xato» deb yozishingizni so’raymiz, xat ichida esa muammoni ta’riflashingiz mumkin. Sizdan olingan ma’lumotlar shu zaxoti tekshirilib katalogning «Qurilish uskunalari, texnikasi - sotish, ishlab chiqarish, ta’mirlash» bo’limiga kiritiladi.
Qurilish uskunalari, texnikasi - sotish, ishlab chiqarish, ta’mirlash O'zbekistonda bo’limidagi kompaniyalar egalari va xizmatchilariga alohida murojaat etmoqchimiz. Agarda siz ishingiz rivojlanishini va yo’naltirilgan t’asirga ega bo’lgan bepul reklama qilishni istasangiz Yellowpages.uz ma’lumotnomasi sizni tengi yo’q yo’rdamchingizga aylanadi. Sizda reklama roliklari, banner va biznes rivojlanishida kerakli bo’lgan boshqa yordamchi vositalarni buyurtma qilishingiz uchun ko’p miqdorda mablag’ sarflashingizga zarurat qolmaydi. Katalogimizning qurilish uskunalari, texnikasi - sotish, ishlab chiqarish, ta’mirlash bo’limida ma’lumotlarni joylashtirish uchun shuncha-ki sizda bunga bo’lgan xohish va kerakli ma’lumotlarni yetkazish kerak bo’ladi. Biz esa o’z navbatda hamkorligimiz har bir tomonga foyda keltirishi uchun qo’limizdan keladigan barchasini qilamiz. Qog'oz ishlab chiqarish ning ishlab chiqarishidir qog'oz va karton, boshqa ko'plab maqsadlar qatorida bosib chiqarish, yozish va qadoqlash uchun keng qo'llaniladigan. Bugungi kunda deyarli barcha qog'ozlar sanoat texnikasi yordamida tayyorlangan, qo'lda tayyorlangan qog'oz maxsus hunarmandchilik va vosita sifatida saqlanib qoladi badiiy ifoda.
Qog'oz ishlab chiqarishda elakka o'xshash skrining orqali asosan suvdagi alohida tsellyuloza tolalaridan tashkil topgan suyultirilgan suspenziya tushiriladi, shu bilan tasodifiy to'qilgan tolalar matosi yotqiziladi. Suv bu varaqdan qo'shimcha ravishda bosish orqali olinadi, ba'zida changni yutish yoki vakuum yordamida yoki isitish orqali yordam beradi. Quritgandan so'ng, umuman tekis, bir xil va mustahkam qog'ozga erishiladi.
Ixtiroga va avtomatlashtirilgan texnikani joriy etishdan oldin barcha qog'ozlar qo'lda tayyorlangan, maxsus ishchilar tomonidan bir vaqtning o'zida bitta varaq shakllangan yoki yotqizilgan. Hozirgi kunda ham qo'lda qog'oz ishlab chiqaruvchilar dastlab Xitoy va Osiyoda ishlab chiqilgan yoki Evropada o'zgartirilgan yuzlab yillar avvalgiga o'xshash vositalar va texnologiyalardan foydalanmoqdalar. Qo'lda ishlangan qog'oz, har xil varaqni tayyorlashda o'ziga xos betakrorligi va mahoratli hunarmandligi bilan ajralib turadi, aksincha sanoat mahsulotlari orasida past narxlarda bir xillik va mukammallik.
Tegishli fuqarolarning kuzatuvlari, qoidalari va harakatlari hamda sohadagi yaxshilanishlar eng yomon qonunbuzarliklarni cheklashiga qaramay, qog'oz ishlab chiqarish davom etmoqda atrof-muhit nuqtai nazaridan tashvish, qattiq kimyoviy moddalardan foydalanganligi, ko'p miqdordagi suvga bo'lgan ehtiyoji va natijada ifloslanish xavfi, shuningdek daraxtlarning asosiy manbai sifatida ishlatilishi yog'och xamiri. Boshqa tolalardan tayyorlangan qog'oz, paxta eng keng tarqalgan bo'lib, yog'ochdan tayyorlangan qog'ozga qaraganda yuqori baholanadi. Kanop qog'oz ishlatilgan Xitoy miloddan avvalgi VIII asrdan beri o'rash va to'ldirish uchun.[1] Xitoy tilida yozilgan yozuvlari bo'lgan qog'oz miloddan avvalgi 8 yilga tegishli.[2]An'anaviy ixtirochi atributi quyidagicha Cai Lun, davomida Imperator sudiga biriktirilgan rasmiy Xan sulolasi (Miloddan avvalgi 202-miloddan avvalgi 220-yil), taxminan 105-asrda foydalanib qog'oz ixtiro qilgan tut va boshqalar asosiy tolalar baliq torlari, eski lattalar va kenevir chiqindilar.[3] Yozish vositasi sifatida ishlatiladigan qog'oz 3-asrga kelib keng tarqaldi[4] va 6-asrga kelib, hojatxona qog'ozi Xitoyda ham qo'llanila boshlandi.[5] Davomida Tang sulolasi (Milodiy 618-907) qog'oz katlanmış va kvadrat shaklida tikilgan sumkalar choy ta'mini saqlab qolish uchun,[1] keyinchalik esa Song Dynasty (960-1279 milodiy) birinchi hukumat qog'ozda bosilgan pul chiqargan.
8-asrda qog'oz ishlab chiqarish keng tarqaldi Islom olami, bu erda jarayon takomillashtirildi va mashinalar ommaviy ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan edi. Ishlab chiqarish boshlandi Samarqand, Bag'dod, Damashq, Qohira, Marokash, undan keyin Musulmon Ispaniya.[6] Yilda Bag'dod, qog'oz ishlab chiqarish nazorati ostida bo'lgan Katta Vazir Ja'far ibn Yahyo. Musulmonlar qalinroq qog'oz tayyorlash usulini ixtiro qildilar. Ushbu yangilik qog'oz ishlab chiqarishni san'atdan katta sohaga aylantirishga yordam berdi.[7][8] Ning eng erta ishlatilishi suv bilan ishlaydigan tegirmonlar qog'oz ishlab chiqarishda, xususan foydalanish pulpa tegirmonlari pulpa qog'oz ishlab chiqarishga tayyorlash uchun kelib chiqadi Samarqand 8-asrda.[9] Dastlabki havolalar qog'oz fabrikalari ham keladi O'rta asr Islom olami, qaerda ular birinchi marta 9-asrda qayd etilgan Arab geograflari yilda Damashq.[10]
An'anaviy Osiyoda qog'oz ishlab chiqarish o'simliklarning ichki qobig'i tolalaridan foydalanadi. Ushbu tola ho'llangan, pishirilgan, yuvilgan va an'anaviy ravishda qo'lda urib qog'oz pulpasini hosil qiladi. Uzoq tolalar qatlam bo'lib, mustahkam, shaffof qog'oz varaqlarini hosil qiladi. Sharqiy Osiyoda uchta an'anaviy tolalar mavjud abaka, kōzo va gampi. Himoloyda, qog'oz dan yasalgan lokta o'simlik.[11] Bugungi kunda ushbu qog'oz xattotlik, matbaa, kitob san'ati va uch o'lchovli ishlarda, shu jumladan origami. Boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida fillar katta miqdordagi kraxmalli oziq-ovqat bilan oziqlanadi, shunda ularning najaslaridan qog'oz tayyorlashda ham foydalanish mumkin. Buni Myanmadagi fillarni saqlash lagerlarida topish mumkin, bu erda operatsiyalarni moliyalashtirish uchun qog'oz sotiladi.
Yilda Evropa, qog'oz ishlab chiqarish qoliplari metall simi yordamida ishlab chiqilgan va shunga o'xshash xususiyatlar suv belgisi milodiy 1300 yilga kelib yaxshi tashkil etilgan kenevir va zig'ir lattalar pulpaning asosiy manbai bo'lib, paxta oxir-oqibat Janubiy plantatsiyalar ushbu mahsulotni ko'p miqdorda ishlab chiqargandan so'ng o'zlashtirdi.[11] Qog'oz ishlab chiqarish dastlab Evropada mashhur emas edi, chunki papirus va pergamentga nisbatan juda ko'p afzalliklari yo'q edi. Faqat 15-asrda ko'chma bosma ixtiro va uning qog'ozga bo'lgan talabi bilan ko'plab qog'oz fabrikalari ishlab chiqarishga kirishdi va qog'oz ishlab chiqarish sanoatga aylandi.[12][13]
Zamonaviy qog'oz ishlab chiqarish 19-asrning boshlarida boshlangan Evropa ning rivojlanishi bilan Fourdrinier mashinasi. Ushbu mashina alohida varaqlardan ko'ra uzluksiz qog'oz rulosini ishlab chiqaradi. Ushbu mashinalar katta. Ba'zilar uzunligi 150 metr va kengligi 10 metr bo'lgan qog'oz ishlab chiqaradi. Ular 100 km / soat tezlikda qog'oz ishlab chiqarishi mumkin. 1844 yilda, Kanadalik Charlz Fenerti va nemis F.G. Keller qog'oz ishlab chiqarishda yog'och pulpasidan foydalanish uchun mashinani va unga tegishli jarayonni ixtiro qilgan.[14] Ushbu yangilik salkam 2000 yil davomida ishlatilgan pulpa matolardan foydalanishni tugatdi va ishlab chiqarish uchun yangi davrni boshladi gazeta qog'ozi va oxir-oqibat deyarli barcha qog'ozlar pulpa qilingan yog'ochdan yasalgan. Qog'oz ishlab chiqarish, qanday hajmda amalga oshirilishidan qat'i nazar, suyultirilgan suspenziyani amalga oshirishni o'z ichiga oladi tolalar suvda "jihozlash" deb nomlangan va bu suspenziyani ekran orqali to'kib tashlashga, o'zaro to'qilgan tolalardan mat ishlab chiqarishga majbur qiladi. Ushbu tolalar matosidan press yordamida suv olinadi.[15]
Texnologiyalarning rivojlanishiga qaramay, vaqt o'tishi bilan qo'lda qog'oz ishlab chiqarish usuli juda oz o'zgardi. Qo'lda tayyorlangan qog'ozni ishlab chiqarish jarayoni besh bosqichda umumlashtirilishi mumkin:

  1. Qolgan xomashyodan foydali tolani ajratish. (masalan, yog'och, paxta va boshqalardan tayyorlangan tsellyuloza)

  2. Elyafni pulpa ichiga urish

  3. Maxsus kimyoviy premikslarni qo'shish orqali qog'ozning rangini, mexanik, kimyoviy, biologik va boshqa xususiyatlarini sozlash

  4. Olingan eritmaning skriningi

  5. Haqiqiy qog'ozni olish uchun bosish va quritish

Elyafni skrining qilish zanglamaydigan va inert materiallardan yasalgan, masalan, guruch, zanglamaydigan po'lat yoki sintetik toladan yasalgan, qog'oz qolipga cho'zilgan, derazaga o'xshash yog'och ramkadan foydalanishni o'z ichiga oladi. Qog'ozning kattaligi ramkaning ochiq maydoni bilan boshqariladi. Keyin qolip butunlay jihozga botiriladi, so'ngra tortiladi, silkitiladi va quritiladi va ekranda bir xil qoplama hosil bo'ladi. Keyin ortiqcha suv olib tashlanadi, nam mato ustiga nam tola yotqiziladi yoki "kreslo" deb nomlangan jarayonda namat olinadi. Jarayon kerakli miqdordagi varaqlar uchun takrorlanadi. Ushbu nam matlarning to'plami keyinchalik gidravlik pressda bosiladi. Keyinchalik ancha nam bo'lgan tolalar turli usullar yordamida quritiladi, masalan, vakuumli quritish yoki oddiygina havoda quritish. Ba'zan, sirt tekislash, qattiqlashishi va yaxshilanishi uchun alohida varaq o'raladi. Nihoyat, keyinchalik qog'oz kerakli shaklga yoki standart shaklga (A4, xat, yuridik va boshqalar) kesiladi va qadoqlanadi.
Yog'och ramka "pastki qism ". Deckle qog'ozning chekkalarini biroz notekis va to'lqinli qilib qo'yadi," pastki qirralar "deb nomlangan, bu qog'oz qo'lda qilinganligidan dalolat beradi. Bugun pastki qavatdagi qog'ozga ba'zida mexanik ravishda taqlid qilinib, eskirganlarning taassurotlari paydo bo'ladi. dabdabali ekran. Ekrandagi simlar yon tomonga qarab chiqqanda paydo bo'ladigan taassurotlar "yotqizilgan chiziqlar" deb nomlanadi va odatda yuqoridan pastgacha, yon tomon simlarni ushlab turuvchi simlar tomonidan hosil qilingan taassurotlar "zanjir chiziqlari" deb nomlanadi. Filigranlar qolipdagi simlarga dizayn to'qish orqali hosil bo'ladi. Qo'lda ishlangan qog'oz, odatda, chizilgan chiziqlar bo'ylab bir tekisroq katlanır va yirtilib ketadi.
Xalqaro qo'lda qog'oz ishlab chiqaruvchilar va qog'ozli rassomlar uyushmasi (IAPMA) - qo'lda ishlangan qog'oz rassomlari uchun dunyoda etakchi assotsiatsiya. Qo'lda tayyorlangan qog'oz, shuningdek, qog'oz ishlab chiqarishni o'rganish uchun laboratoriyalarda va qog'oz fabrikalarida ishlab chiqarish jarayonining sifatini tekshirish uchun tayyorlanadi. Shunga ko'ra qilingan "telefonlar" TAPPI Standart T 205[17] diametri 15,9 sm (6,25 dyuym) bo'lgan dumaloq varaqlar bo'lib, nashrida, mustahkamligi va o'lchamlari darajasi kabi qog'oz xususiyatlari uchun sinovdan o'tkaziladi. Zamonaviy qog'oz fabrikasi bir nechta bo'limlarga bo'linadi, bu taxminan qo'lda tayyorlangan qog'ozni tayyorlash jarayonlariga mos keladi. Pulpa tozalanadi va boshqa qo'shimchalar bilan suvga aralashtiriladi, xamir atala hosil bo'ladi. Qog'oz mashinasining bosh qutisi (Fourdrinier mashinasi) loyni harakatlanuvchi uzluksiz ekranga taqsimlaydi, suv loydan (tortishish kuchi yoki vakuum ostida) oqib chiqadi, ho'l qog'oz varag'i presslardan o'tib quriydi va nihoyat katta rulonlarga o'raladi. . Natijada ko'pincha bir necha tonnani tashkil qiladi. Jon Dikkinson tomonidan 1809 yilda ixtiro qilingan yana bir turdagi qog'oz mashinalari silindrdan foydalanadi mog'or qisman suyultirilgan pulpaga solingan holda aylanadi. Pulpa simli mash bilan olinadi va qolipdan chiqayotganda qolipni qoplaydi. Pulpani tekislash uchun qolipga rulon bosilib, ho'l choyshabni qolipdan chiqaradi. Qog'oz ishlab chiqarish o'z tarixining aksariyat qismi uchun hayotiy ish, eksklyuziv kasb deb hisoblangan bo'lsa-da, "taniqli qog'oz ishlab chiqaruvchilar" atamasi ko'pincha qog'oz ishlab chiqaruvchilar bilan cheklanmaydi. Ayniqsa, qog'oz ishlab chiqarish sohasida qog'oz san'ati bo'yicha taniqli taniqli amaliyotchilarning boshqa badiiy izlanishlari bilan bir-biri bilan to'qnashuv mavjud, akademik davrda bu atama ilmiy tadqiqotlar, ta'lim yoki kitoblar va qog'oz buyumlarini konservatsiya qilish bilan shug'ullanishi mumkin. Sanoat sohasida u ilm-fan, texnologiya va muhandislik bilan, ko'pincha pulpa-qog'oz biznesining o'zi bilan birlashishga intiladi. Ba'zi taniqli va taniqli qog'oz ishlab chiqaruvchilar boshqa sohalarda shuhrat topdilar, shu bilan birga ularning qog'oz ishlab chiqarish fonlari deyarli unutilgan. Eng muhim misollardan biri parvozga erishgan birinchi odamlarning misoli bo'lishi mumkin Birodarlar Montgolfierlar, bu erda ko'pgina hisob-kitoblarda ularning oilasi egalik qiladigan qog'oz fabrikasi deyarli zikr qilinmaydi, garchi ularning balonlarida ishlatilgan qog'oz ularning muvaffaqiyatida muhim rol o'ynagan bo'lsa kerak, ehtimol bu engil va kuchli material bilan tanishgan bo'lishi kerak. Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqlik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mustahkam saqlaydi. P.dan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiq-sovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi.
P. polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻlinadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va boshqalar) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan P. tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada P.ning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori temperaturada mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob qismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi.
Reaktoplastlar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va karbamid smolalar) hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, polisiloksanlar, toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon tuzilishga ega boʻlgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi. Reaktoplastlar toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogʻoch uni, asbest kukuni, kvars uni va h.k.), tolali (ip-gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama, shisha toʻqimasi, yogʻoch shpon) xillarga boʻlinadi. Qotirilgan P. dan tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzoq, muddatli taʼsiriga bardosh beradi (polimer va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan va yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan P. qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki P. selluloid boʻlib, u 1872-yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin P. sanoati 2-jaxon urushidan keyingina rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen P. koʻplab ishlab chiqarila boshladi.
Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona P.ni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir.
Qurilishda P. pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro va termoizolyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari ishlab chiqarishda, yopmalar, deraza, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida P. yetakchi oʻrinni egallaydi. P. mahsulotlar tannarxini arzonlashtiradi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h.k. oshadi. P.dan tishli gʻildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqa ishlab chiqariladi. P.ning aviatsiyasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish imkoniyatiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda ham P. muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, gʻildiraklar, shassi ustunlari, vertolyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h.k. ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
P. kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar (asosan, shishaplastlar), kema mexanizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.
Avtomobil sozlikda P.dan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi.
Qishloq xoʻjaligida P. sugʻorish inshootlari qurishda, tuproqni mulʼchlasht, urugʻlarni dorilash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi.
Tibbiyot sanoatida P.dan koʻplab asboblar, maxsus idishlar ishlab chiqariladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qoʻl-oyoq protezlari, ortopedik qoʻyilmalar, koʻz soqqasi va boshqa ishlatiladi. PLASTMASSALAR, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqdik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mus-tahkam saklaydi. Plastmassalardan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiqsovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi.
Plastmassalar polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻli-nadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va b.) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan Plastmassalar tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori t-rada Plastmassalarning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori t-rada mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° t-rada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob kismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil – metakrilat, polistirol) boʻladi.
Reaktoplastl ar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va karbamid smolalar) hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, polisiloksanlar, toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon tu-zilishga ega boʻlgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi. Reaktoplastlar toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogoch u ni, asbest kukuni, kvars uni va h. k.), tolali (ip-gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama, shisha toʻqimasi, yogoch shpon) xillarga boʻlinadi. Qo-tirilgan Plastmassalardan tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzok, muddatli taʼsiriga bardosh beradi (polimer va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan va yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar i. ch. da qoʻllaniladi.
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va b.) asosida olinadigan Plastmassalar qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati) dan tayyorlangan eng dastlabki Plastmassalar selluloid boʻlib, u 1872-y. da AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 y. larda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar i. ch. yoʻlga qoʻyildi. 30-y. larda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va b. sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar i. ch. i tashkil etildi. Lekin Plastmassalar sanoati 2-jaxrn urushidan keyingi-na rivojlandi, 20-a. 50-y. larida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen P. koʻplab ishlab chiqarila boshladi.
Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona P. ni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa z-di, Ohangaron qurilish buyumlari z-di, Jizzax plastmassa i. ch. z-di ixtisoslashgan korxonalardir.
Qurilishda Plastmassalar pollarga qoplashda va b. pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro – va termoizo-lyatsiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari i. ch. da, yopmalar, dera-za, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilyonlar tayyorlashda kullaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida Plastmassalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Plastmassalar mahsulotlar tannarxini arzonlashti-radi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h. k. oshadi. Plastmassalardan tishli gʻildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va b. ishlab chiqariladi. Plastmassalarning aviatsiyasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish imkoniya-tiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar i. ch. da ham Plastmassalar muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, gʻildiraklar, shassi ustunlari, verto-lyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h. k. ishlab chiqarishda kullaniladi.
Plastmassalar kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar (asosan, shishaplastlar), kema mexa-nizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyatsiyalashda ishlatiladi.
Avtomobil sozl i kda Plastmassalardan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi.
Qishloq xoʻjaligida Plastmassalar sugʻorish inshootlari qurishda, tuproqni mulʼchlasht, urugʻlarni dorilash va q. x. mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi.
Tibbiyot sanoatida Plastmassalardan koʻplab asboblar, maxsus idishlar ishlab chikariladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qoʻl-oyoq protezlari, ortopedik qoʻyilmalar, koʻz soqqasi va b. ishlatiladi. Metallni qirqish. Metallni bo’laklarga bo’lish uchun arralashpolotnosi, qaychi va boshqa kesuvchi asboblardan foydalaniladi.
Metallni qirqish uchun asbob . Qalin bo’lgan listli, polosali kesimi doira shaklida bo’lgan, profilli metallarni qirqish uchun qo’l-temir arrasi ishlatiadi. U paz, shlis, aylana bo’ylab belgi qilish uchun ham ishlatiladi (8-rasm).
Temir arra polotnosi tishlarini shunday o’rnatish kerakki, uning egilgan tishlarining uchlari ushlagichga teskari bo’lsin. Sal tortilgan polotnoning tishlari arralagan payitda sinib ketishi mumkin, aksincha agar polotno juda qattiq tortilib o’rnatilsa, sal qiyalikdan ham polotno sinib ketadi.
8-rasm.Qo’l temir arrasi: 1 - Qirqich; 2 - barashkali gayka; 3 - arra stannogi; 4 - ushlagich; 5 - arra polotnosi.
Polotno tishlarinng qayrilish burchagi odatda 60 ° ni tashkil qiladi. Metallni qirqayotgan paytda ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ikki tomonga qayiriladi. Polotno to’lqinsimon qilib ishlangani uchun uning qirqish eni 0,25-0, 6 mm ko’proq bo’ladi. Temir arra polotnosining uzunligi odatda 250-350 mm, eni 12-15 mm, qalinligi 0,6-0, 8 mm bo’lib« tishlar qadami 0,6-1,2 mm ni tashkil qiladi.

Metallni qirqish usullari. Temir arrani qanday ushlash 12-rasmda ko’rsatilgan. Ishga tushishdan oldin qirqiladigan materialni 1 tiskida mahkam qotirib olish kerak. Arralanadigan joy tiskiga yaqin 1 bo’lishi shart. Agar u tiskidan uzoqroqda joylashsa, unda kesish paytida 1 tebranib, polotnoni sindirib yuboradi. Qirqish paytida shunga ahamiyatl berish kerakki, chizilgan chiziq o’chib ketmasin. Ishlagan paytda I temir arra gorizontal holatda ushlash lozim. Uni keskin tortmay asta sekin I harakatlantirish va oldinga qarab surilganda sekin egish kerak. Temir arraning xarakat tezligi taxminan ikki tomonga bir minutda 35-50 marta bo’lishi tavsiya qilinadi.
Qirqishni zagotovkani uchidan boshlamaslik kerak, chunki tishlari sinib qolish extimoli bor (9-rasm).

9-rasm. Prokatni qirqish usuli

Polotno bilan qirqilayotganda detallning devori orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirishi uchun unga tinmay yog` surtish kerak. Agar polotnoning tishi sinib qolsa, unda qirqishni to’xtatib, singan tishni olib tashlab, o’rniga charh yordamida yoysimon shakl berib, yana qirqishni davom ettirish mumkin.


Bir xilda uzun zagotovkani qirqayotgan paytda temir arraning dastgohi zagotovkaning tepasiga tegib qolgani uchun uni qirqish imkoni bo’lmay qoladi. Shunda dastgohni polotnoga nisbatan 90 ° ga burib mahkamlab olsangiz, unda bemalol qirqishni davom ettirishingiz mumkin (10-rasm).
Ingichka metall listlarni qirqish uchun uni ikkita yog`och bruslar orasiga mahkamlab qirqish mumkin (11-rasm).

10-rasm. Uzun metallarni qirqish 11-rasm. Listli metallni qirqish
usuli usuli

Metallni qaychi bilan qirqish juda unumli bo’lib, qirindi chiqarmay turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to’g’ridan-to’g’ri tayyor detal olishga imkon beradi


Qo’l qaychilar (26-rasm) yupqa list materialni qirqish uchun ishlatiladi. Ular bilan 0,5-0,7 mm qalinlikdagi po’latni, tunukani, qalinligi 1,5 mm gacha bo’lgan rangli metallarni kirqish mumkin.
Qo’l qaychilarning tig’i kalta, dastasi uzun bo’ladi. Qaychilarning tig’i, v = 70° burchak ostida charxlanadi. Metallni qirkqanda paydo bo’ladigan kuch ta`sirida tig’ning o’t, maslashishiga yo’l qo’ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi.
Qaychilarning tig’ini o’tkir va to’g’ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig’lar butun uzunligi bo’yicha o’zaro yondoshib turishi lozim. Ular orasidagi zazor 0,2mm dan oshmasligi darkor.

27-rasm. Qo’l qaychi bilan yupqa list materialni qirqish
Agar zazor bundan oshib ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada kirqilgan joy g’adir-budur bo’lib chiqadi. Agar tig’lar orasida zazor bo’lmasa, katta ishqalanish kuchi paydo bo’lib, tig’ni tez o’tmaslashtirib qo’yadi. Tig’larning ishqalakishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib turadigan tekislik ki-chik (b =1-2°) burchak ostida charxlanadi. Qo’l qaychilar 65, 70 markali po’latdan yasaladi, qirquvchi tig’lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi.
Qaychilar o’naqay (27-rasm, a) va chapaqay (27-rasm, b) bo’ladi. O’naqay qaychilar bilan qirqqanda pastki tig’ning qiyaligi o’ng tomonda bo’ladi. Bunday kaychilar ko’proq qo’llanadi. Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda foydalaniladi.
Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig’li qaychilar ishlatiladi (27-rasm, v).
Qirqish paytida qaychi o’ng qo’l bilan ushlanadi (27- rasm, g). Bosh barmoq yuqori dasta ustida turadi, uch o’rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko’rsatkich yoki kichik barmoq dasta,tar orasida turib, dastalarni ochib turadi. Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yurishi kerak.
Qirqiladigan metall qaychilarning jag’i orasiga qanchalik ichkari kirsa, shuncha kam kuch bilan qirqiladi. Lekin tig’lar katta ochilganda kirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va metall qirqilmasdan itariladi, qaychi jag’lar orasidan chiqishga harakat qiladi (27-rasm, d).
Tig’lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va ishchi chap qo’lining kuchi itaruvchi kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni qo’l qaychilyar bilan metall kirqishda eng qulay burchak deyish mumkin.
Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yuritiladi, chap qo’l bilan qirqib olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni keskin bukib yubormaslik kerak.
Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirkiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda g’adir-budurliklar paydo bo’ladi.
Qaychi qirqilayotgan metallga tik ushlanishi lozim. Qiyshaytirilsa, qirkmasdan metallni ezadi.
Yupqa plastmassa listlarini oddiy qo’l qaychilar bilan qirqsa ham bo’ladi. Lekin bunda tig’lar orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mm) bo’lishi kerak. Qirqish paytida listni stolga zich taqab turish kerak. Mo’rt plastmassalar: polistirol, organik shisha va boshqalarni qaychi bilan qirqish kerak emas, ular arra bilan qirqiladi.
Diametri 3mm gacha bo’lgan sim ombur bilan qirqiladi.

28-rasm. Stul qaychi va richagli qaychi
Stul qaychilar (28- rasm, a) qo’l qaychilardan yuqori dastasining uzunligi (400-800mm), pastki dastasi to’g’ri burchak ostida egilib, uchi o’tkirlanganligi bilan farq qiladi. Shu o’tkir uchi taxtaga yoki dastgohga qoqib qo’yiladi. Dastasining uzunligi tufayli qirqishda barmoqlargina emas, balki butun qo’l qatnashadi. Bu esa qirqish bosimini ancha oshiradi. Stul qaychilar bilan 2—3 mm gacha qalinlikdagi metallarni qirqish mumkin. Richagli qaychilar (28- rasm, b) 2-3mm gacha qalinlikdagi metall listlarni qirqishga imkon beradi. Ular ikkita cho’yan stoyak va stol (2) dan iborat. Stolga yon tomondan qo’zg’almas pichoq (7) (90° burchak ostida charxlangan) biriktirilgan. Richag (4) ga mahkamlangan ustki pichoq (5) egri chiziqli shaklga ega. Bu esa richag tushirilganda bosim burchagi doimo birday bo’lishini ta`minlaydi (taxminan 15°). Richag staninaga mahkamla-nadi. Uchida posongi 6 bo’lgani uchunu o’z-o’zidan tushib ketmaydi. Qirqiladigan list planka 3 yordamida richakka qisiladi. 37 tipidagi qaychilar pichog’ining uzunligi 1050 mm bo’lib, ular 2,5mm gacha qalinlikdagi metallni qirqishga imkon beradi.
Richagli qaychilarning tig’lari oralig`i kichik bo’lishiga va richagning puxta mahkamlanishiga e`tibor berish kerak. Ularda zagotovkani qisib turadigan bostirma bo’lishi lozim, chunki qirqish paytida buyumni to’ntarishga intiluvchi kuch momenti paydo bo’ladi va ishchi uni ushlab turishga kuchi yetmaydi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin