LABОRATОRIYA ISHI №12 DUMALASH PODSHIPNIKLARI KONSTRUKSIYASINI O‘RGANISH Ishdan maqsad: Dumalash podshipniklarining konstruksiyalarini o‘rganish va asosiy parametrlarini aniqlash.
Jihozlar va asboblar:Podshipniklar namunalari, shtangensirkul, lineyka.
Umumiy ma’lumotlar Podshipniklar 2 turga bo‘linadi, dumalash va sirpanish podshipniklari. Sirpanish pldshipniklari tayanch yuzalari katta bo‘lganligi uchun ko‘p yuklanish qabul qila oladi. Lekin sanoatda ko‘proq dumalash podshipniklari ishlatiladi, chunki ular doimiy moylanib turishni talab qilmaydi va ko‘plab o‘lchamlarda standartlashtirilgan. Dumalash podshipniklari ichki va tashqi halqalardan, sharik va rolikni ajratuvchi separatordan iborat bo‘ladi, sirpanish podshipniklariga nisbatan ular kuyidagi afzalliklarga ega:
1.Standartlashtirilgan.
2.Ishqalanish kuchi va momentining kichikligi.
3.Rangli metallar va moylash materiallarning kam ishlatilishi.
Kamchiliklarga quyidagilar kiradi:
1.Diametral razmerlarining kattayishi.
2.Katta tezliklarda va dinamik nagruzkalarda uzoq muddat ishlayolmasligi.
Dumalash podshipniklarining asosiy turlari 1-rasmda ko‘rsatilgan.
2-rasm. Podshipnik sharik va roliklarining turlari.
Dumalash podshipniklari qabul qila oladigan kuchlarning yo‘nalishiga qarab 3 turga bo‘linadi:
a) val o‘qiga tik ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan radial podshipniklar.
b) val o‘qi bo‘ylab ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan tirak podshipniklar.
v) val o‘qiga tik bo‘lgan kuch bilan bir vaktda uning o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan kuchlarni ham qabul qilishga mo‘ljallangan radial-tirak podshipniklar.
Podshipniklar sirtqi diametrlari bo‘yicha quyidagi seriyalarga bo‘ulinadi: juda ham engil, juda engil, engil, o‘rta, og‘ir seriyalarga. Eni bo‘yicha ensiz, o‘rtacha, enli seriyalarga bo‘linadi. Podshipniklarning dumalash elementlari va halqalari maxsus SHX15, SHX15SG markali yuqori uglerodli po‘lat materiallardan tayyorlanadi, shuningdek uglerod bilan to‘yintirish mumkin bo‘lgan 18XGT, 20N2N4A markali legerlangan po‘lat materiallardan ham tayyorlanadi.[4]
3-rasm.Dumalash podshipnikining geometrik o‘lchamlari.
Ishni bajarish tartibi Podshipniklarning asosiy konstruksiyalari bilan tanishish.
O‘qituvchi tomonidan berilgan podshipnikning asosiy konstruktiv va geometrik o‘lchamlari o‘lchanadi (3-rasm).
Podshipnikning belgilanishi standart bo‘yicha aniqlanadi.
1.Dumalash podshipniklari turlari, afzallik va kamchiliklari nimalardan iborat?
2.Podshipnik elementlari, separatorning vazifasi nimadan iborat?
3.Dumalash podshipniklari, sirpanish podshipniklarga nisbatan kanday afzalliklarga ega?
4.Dumalash podshipniklari qanday seriyalarga bo‘linadi?
5.Dumalash podshipniklarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar va ularning turlari.