Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
381
Anga hukmronliq muyassar manga.
Ani mulk etib Haq, meni mulkdor,
Manga borcha ishga berib iqtidor.
Agar ulcha mulkumdadur, bilmasam,
Chu bilmay, bilur fikrini qilmasam.
Mening birla
soyir el ichra ne farq
Ki, bo‘lg‘ay alar bahri g‘aflatda g‘arq?
Kerak har nedur farshi g‘abro aro,
Qurug‘luq aro, yo‘qsa daryo aro.
Agar aylasa baxt hamrohliq,
Yurub borchadin topsam ogohliq.
Qurug‘lug‘ni qildim Xizr birla tay,
Bu dam qo‘ysam Ilyos ila suvg‘a pay».
Chu ko‘nglida yer tutti mundoq havas,
Topa olmadi daf’ig‘a dastras.
Havas
tundbodi chu bedod etar,
Xirad xonumonini barbod etar.
Bu andesha chun ko‘nglin etti zabun,
Dimog‘ig‘a yuzlandi bimi junun.
Bilibkim ne ko‘nglida pinhon erur,
Nihon tutsa jonig‘a nuqson erur.
Talab ayladi donish ahlini bot,
Yana davlat ahlin qilib iltifot.
Chu bu anjuman ixtiyor ayladi,
Nihon rozini oshkor ayladi.
Ichinda nihon ko‘ngli maqsudini,
Ayon ayladi budu nobudini.
Bori bildilarkim,
ne qilmish havas,
Tengiz sayridur ko‘ngliga multamas.
Qayu birki man’ aylayu soldi so‘z,
Debon so‘zni, chun shohg‘a qoldi so‘z.
So‘zin, o‘yla ma’qul ila qildi rad
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: