Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
383
Hamul elgakim keldi bazmig‘a xos.
Yana ming ham arkoni davlat uchun,
Suv ustida qilmoqqa sur’at uchun.
Sekiz yuz sipohiyi jarrorg‘a,
Iki yuz yana ahli bozorg‘a.
Mingikim raqam aylab o‘z otig‘a
Ki, bo‘lg‘ay panah bahr ofotig‘a.
Yuzi jung o‘lub
har bir andoqki shahr
Ki, topqay kishi shahrdek anda bahr.
Bo‘lub, o‘ylakim shahr har jung aro,
Mahallotu ko‘yu maqomu saro.
Yana uch yuz ul nav’kim bexalal,
Biri ming sipohig‘a bo‘lg‘ay mahal
Ki, bo‘lg‘ay bori o‘z farog‘i bila,
Sekiz yil keraklik yarog‘i bila.
Yana iki yuz kemada zodi roh,
Bo‘lub ul ish ahlig‘a oromgoh.
Yana
yuzda solib tanobu rasan,
Masohatni qilmoqqa bahr ichra fan.
Yana iki yuzda jammolu sutur
Ki, shoyad savohilg‘a tushgay ubur
7
.
Yana yuz kelib zavraqi tezrav
Ki, eltib suv uzra sabodin garav.
Yana
iki ming ham bu tartib ila,
Butarga bori ziynatu zeb ila.
Chu farmon etib shohi ofoqgir,
Bo‘lub ahli ofoq farmonpazir.
Turub xayli sanno’din teshakor,
Yig‘och kesgali necha ming peshakor.
Masolih yoqo beshasidin yetib,
Hunarvar qaroru shikebi ketib.
Bu
kishti yasar xaylning manzili,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: