Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
378
Yana so‘rdi doroi mushkilpisand:
«Ki ey borcha mushkillaring dilpisand,
Ne manzilg‘akim bo‘lsa ishratfizoy,
Tabiat kerak bo‘lsa rag‘batnamoy.
Va lekin necha aylasak ishta g‘avr,
Yemas odami nav’i ichra bu tavr.
Angakim buzug‘
kulba zindoncha bor,
Qoshida aning bog‘i rizvoncha bor.
Bu ish bo‘yla nevchundurur, hikmat ayt,
Tariqin bayon aylabon illat aytg‘»
Dedi hikmatomuzi donishpujuh
Ki: «Bu bobda so‘z demish har guruh.
Vale
hikmat ahli aro har mudiq
Ki, bu nuktada bo‘ldilar muttafiq.
Budurkim, nega tab’ mu’tod o‘lur,
Chu mu’todig‘a yo‘l topar shod o‘lur.
Gar istar gado kunji vayronini,
Tilar shah dog‘i qasru ayvonini.
Takallufni bu ishda ma’yus bil,
Aning tab’ig‘a oni ma’nus bil.
Tabiatqa har neki odat bo‘lur,
Chu eskirdi odat – tabiat bo‘lur.
Yaqinkim, bilur shohi hikmatpazir,
Tabiatqa o‘z shonidin yo‘q guzir.
Taboe’ga bu nav’ erur parvarish
Ki, aylarlar o‘z mayli birla kashish.
Alarg‘a
bu mayl ixtiyoriy emas,
Bajuz qismati sun’i Boriy emas.
Ne yerkim birov tab’i ma’lufidur,
Bu ma’lufining oncha mash’ufidur
Ki, odat bo‘lur kimki bor ogahi,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
379
Tabiatqa odat bo‘lur muntahi.
Chu bo‘ldi tabiat kerak bo‘yla-o‘q,
Anga chunki o‘z maylidin chora yo‘q».
Chu qoyil to‘kub dur nechukkim sahob,
Olib mustame’ bahrdek durri nob.
LXXII
Iskandarning quyoshdek jahongirligidin so‘ngra daryobor fathi uchun orzu kemasiga kirib, havas
yelkanin tortqoni va hukamo ittifoqi bila Rum daryosi sohilida olam mulkining mohir najjorlarin yig‘ib
kema tartibig‘a amr qilg‘oni va uch ming hiloli qavsmonand qurulg‘ondin so‘ngra mihvaroso tirlar
bila alarg‘a qattiq yoydin chiqqan o‘qdek ravonliq bermaklari va aning ul safinalarda mavj xututidin
bihor fathnomasin o‘qug‘oni
Bu bahr ichra g‘avvosi gavharfishon,
Berur bo‘yla so‘z
gavharidin nishon
Ki, olamni Iskandar olg‘och tamom
Ki, qildi yana Rum mulkin maqom.
Necha kun vatan ichra masrur edi,
Nishot ayladi ulcha maqdur edi.
Yuzi solib ul mulk aro nuru tob,
Nechukkim sharaf burjig‘a oftob.
Topib
aysh har marzu har bum eli,
Vale o‘zgacha shod o‘lub Rum eli.
Mubohot etib borcha ofoq aro,
Ne ofoq aro, charxi nuh toq aro.
Ne tong, faxr to‘rtunchi ko‘k qilsa fosh,
Ani jilvagoh aylagandin quyosh
1
.
Chu shah necha vaqt o‘ldi oromgir,
Dilorom ila jomdin komgir.
Ko‘p aylar edi xotirig‘a xutur
Ki: «Chun berdi tavfiq Rabbi g‘afur.
Jahongirlikka
qilib ehtimom,
Chu azm ettim, oldim jahonni tamom.
G‘aroyib nekim dahr aro bor edi,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: