Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
394
Ki, daryoyi Afranjau Rum edi
Ki, holot anga g‘ayri ma’lum edi.
Jazoyir futuhiga yuz qo‘ydi shoh,
Qilib sa’y shah birla xaylu sipoh
3
.
Qayonkim
qilib azm, qo‘ymay olib,
Chu olib, g‘aroyibqa ko‘p ko‘z solib.
O‘zi aylabon suvda fathi bilod,
Jazoyir bilodini aylab kushod.
Va lekin necha kimsa ta’yin etib,
Alar suv qirog‘i bila yo‘l ketib.
Necha kemau ahli hikmat necha
Ki, ham kunduz aylab ravshan ham kecha.
Suvda o‘y, nechukkim hubob urg‘oli,
Hamul bahr davrin tanob urg‘oli.
Savohilda to yer topib, yo‘l yurub,
Masohat tariqin bajo kelturub.
Ne yerkim bo‘lub besha, yo berk tog‘
Ki, qat’ida massoh topmay farog‘.
Suv
ichra qilib kema birla shitob,
Bu nav’ oni massoh chekkay tanob
Ki, bir kema ichra yig‘ib har sari,
Tanobi qadi o‘n iki ming qari.
Qilib kemaga berk langar toshin,
Va lekin
ul ipning yana bir boshin
Yana bir kema ahli tutqay surub,
Nekim shart surmak, bajo kelturub.
Necha tor tutqon kema qochibon,
Tanobini turg‘on kema ochibon.
Chu soyir kema rishtasi tortilib,
Hamul kema sayrini sokin qilib.
Anga
kema ahli solib langarin,
Yana kema suvdin olib langarin.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: