Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
391
Birov
topti Mashriqda ganji shigarf,
Yozig‘lig‘ eshigida bu turfa harf
Ki: «Har kimki bu ganjni topti, jazm
Agar qilsa Mag‘rib diyorig‘a azm,
Falon
yerda mundin uluq ganj erur,
Anga kim qadam urdi, poranj erur».
O‘qug‘och ani tome’i xomkor,
Dedi: «Ikisidin bo‘lay komgor».
Munga «himmat» oti qo‘yub fikrati,
Ravon qildi Mag‘rib sori himmati.
Necha yil qilib qat’ daryou dasht,
Bo‘lub anga yuz ming balo sarguzasht.
Yetib, istagan yerni topqon mahal,
Boshig‘a yetishti sarosar ajal.
Ne
mundin yedi bar, ne ondin dog‘i,
Mashaqqat chekib kechti jondin dog‘i.
Yemas shahliq — olmoq yurub bahru bar,
Yerur topmoq andinki Haq berdi bar.
Birovkim, bu ma’niga yobandadur,
Xiradmandu farxundapay bandadur.
Dostları ilə paylaş: