Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
396
Ajoyibni g‘oyatdin ortuq ko‘rub,
g‘aroyib nihoyatdin ortuq ko‘rub.
Urub o‘n iki ming jazoyirg‘a gom,
Qilib fath chun aylabon ehtimom.
Chu tortib tanob anda bevahmu bim,
Bilib barchaning tulu arzin hakim.
Yeti bahrni chun musaxxar qilib,
Borining salohu fasodin bilib.
Muhit o‘ldi bir
davra bu sayr aro,
Yana xomazan yozdi bu mojaro.
Uzotti yana toyiri nomabar
Ki, yetkurdi hijronkash elga xabar.
Yana manzili bo‘ldi bahri Farang,
Qilib bir jazira ichinda darang.
O‘tub qilg‘ali
bahr ichinda xirom,
Bu choqqa degin o‘n iki yil tamom.
Jazira aro chun makon ayladi,
Ulus ko‘nglini shodmon ayladi.
Gumon ettilarkim,
tugandi safar,
Vatan bo‘lg‘usidur alarg‘a mafar.
Buyurdi yana shohi daryoshitob
Ki, kelturdi Suqroti hikmatmaob.
Tengizda ravon qilg‘on asboqini,
Chekilgan masohatning avroqini
4
.
To‘la bo‘lmish
erdi varaq bir kema
Ki, yo‘q anda kog‘azdin o‘zga nima.
Solib borcha sanduqlar ichra chust,
Alarni qilib qirlar birla rust.
Qilib vahmkim o‘tsa kog‘azg‘a nam,
Anga nogahon botil o‘lg‘ay raqam.
Kemakim ul avroq birla to‘lub,
Safina bo‘lub demakim, jung o‘lub
5
.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: