Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
402
Suvda tu’ma aylarga qilmay darang,
Zabun etsa bu ajdahoni nahang.
Zamon o‘tsa sizlarga mav’uddin,
Topib o‘zni navmid maqsuddin,
Duo
xatti bizga raqamzad qiling,
Bihil aylabon azmi maqsad qiling»
8
.
Ayirdi uch yuz kishtiyi teztak,
Yururda nechukkim hiloli falak.
Mulozim qilib hikmat ahlin tamom,
Madorolarig‘a qilib ehtimom.
Bo‘lub borcha mamlu ul uch yuz kema,
Tengizda keraklik bo‘lur har nima.
Necha
ming kishi yakdilu yakjihat,
Jalodat kelib barchasig‘a sifat.
Kema ilmida barcha mallohdek,
Tengiz g‘avsi fannida timsohdek
9
.
Ne xidmatki aylab bori dilpazir,
Alar shahga, shah barchag‘a noguzir.
Murattab
qilib shohi gardunnabard,
Kirib kemaga, bo‘ldi daryonavard.
Alar qoldilar ashkdin bahrrez,
Borib ashkdek shohi daryositez.
Tunu kun qilib po‘ya gardun kibi,
Suv ichra qolib rub’i maskun kibi.
Kecha tinmoqu kunduz orom yo‘q,
Yemakdin navo, uyqudin kom yo‘q.
Necha boqsa yo‘q tog‘u sahro padid,
Nekim g‘ayri daryo – bori nopadid.
Suv
aflokdin hech topmay gusil,
Bo‘lub davrasi davrig‘a muttasil.
Gumon aylabon xayli daryoxirom
Ki, gardun aro aylamishlar maqom.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: