Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
398
Hamul bahri a’zamni
bir davr etar,
Qayu yergakim suvg‘a kirmish, yetar.
Chu pargor davrini pos ayladi,
Yana qutrin oning qiyos ayladi.
Ayon bo‘ldikim uch yilu bir nima,
Bo‘lur suv aro sayr qilsa kema.
Muhitig‘a markazki beishtiboh,
Yerur bahri a’zamga ul nuqtagoh.
Yaqin borur ul yon azimat chog‘i,
Iki yilchiliq yo‘lu kamrak dog‘i.
Yana kelmagi dog‘i oncha bo‘lur,
Azimatda borg‘on zamoncha bo‘lur.
Buyurdi qilib to‘rt
yilliq yaroq,
Muhit o‘rtasig‘a safar ittifoq.
Yig‘ib anjuman, bo‘yla surdi kalom
Ki: «Bizni havoi tamannoi xom
Ki, oning otin xalq qo‘ymish havas,
Vale filhaqiqat bu yanglig‘ emas.
Bori Tengri taqdiridur begumon,
Kishi qilmog‘i yaxshidur,
gar yomon,
Gar ul, gar bu har qaysi taqdir ila,
Qila olmadim chora tadbir ila.
Ulusning malolig‘a bo‘ldum sabab,
Base ko‘rdilar xalq ranju taab.
Bu damkim bu yerda qilibmen darang,
Bilurmenki eldur safardin batang.
Emas bo‘lsalar sayrning rog‘ibi,
Bilurmen erur Haq alar jonibi.
Manga bu tamanno tuganmaydurur,
Yururdin zamirim o‘sonmaydurur,
O‘n
uch yil ishimkim tamosho edi,
Jazoyir bila yeti daryo edi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: